Muxlislar samolyot yordamida murabbiyga maslahat berishdi
13 iyu 2021 09:28
Yangiliklar
Muxlislar samolyot yordamida murabbiyga maslahat berishdi
Niderlandiyalik muxlislar samolyot yordamida terma jamoa murabbiyi Frank de Burga Ukraina termasiga qarshi o'yin oldidan o'ziga xos maslahat berishdi.
Niderlandiya terma jamoasi Evro-2020 turniri guruh bosqichida ilk uchrashuvni Ukrainaga qarshi o'tkadadi. Muxlislar tomonidan samolyot orqali yo'llangan bannerda “Frank, faqat 4-3-3” yozuvi tushirilgan.
“Maslahat uchun rahmat, ammo biz 3-5-2 da qolamiz”, deya hazillashdi de Bur o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.
Niderlandiya va Ukraina terma jamoasi ishtirokida bellashuv bugun 13 iyun kuni bo'lib o'tadi. Bellashuv Amsterdamdagi “Yoxan Kruiff Arena”da o'tkaziladi. Mazkur guruhda bu ikki jamoadan tashqari Avstriya va SHimoliy Makedoniya terma jamoasi ham joy olgan.
Fikrlar