"Fanat Superliga". "So'g'diyona" – "Andijon" 2:2
30 mar 2020 18:15
Yangiliklar
"Fanat Superliga". "So'g'diyona" – "Andijon" 2:2
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.
Har bir o'yinda futbolga oida 4ta savol beriladi.
Qoida: Bugundan boshlab savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi. Agar ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishsa ikkala jamoaga ball beriladi.
Agar siz mezbon jamoa muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu mehmon jamoa muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.
"Fanat Superliga". "So'g'diyona" – "Andijon"
"O'yin" soat 18:15da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi.
Agar savolga javob 5 daqiqa ichida topilmasa keyingi savolga o'tiladi.
1-savol: 2002 yil oliy ligada eng ko'p uchrashuvda ishlagan hakam kim edi? Javob: Javob: Rashid Aytekov 19ta o'yin (Abdulxaqov Nodir "So'g'diyona" muxlisi birinchi bo'ldi)
2-savol: 2003 yil Franciyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatining ochilish uchrashuvida Franciya terma jamoasi safida bironta ham kal futbolchi bo'lmagan. Bunga nima sabab bo'lganini aniq aytib bering. Javob: Sababi bu ayollar o'rtasidagi Jahon chempionati edi. (ILK "Andijon" muxlisi birinchi bo'ldi)
3-savol: 2019 yil Superligada eng kam gol o'tkazgan klub qaysi? Javob: “Lokomotiv” (JS "So'g'diyona" muxlisi birinchi bo'ldi)
4-savol: Duayt York qaysi terma jamoa azosi bo'lgan? Javob: Trinidad va Tobago (Temurbek Valiev "Andijon" muxlisi birinchi bo'ldi)
O'yin tugadi. "So'g'diyona" – "Andijon" 2:2
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar