"Fanat Superliga". "Qo'qon-1912" – "Mashal" 4:0
01 apr 2020 17:15
Yangiliklar
"Fanat Superliga". "Qo'qon-1912" – "Mashal" 4:0
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.
Har bir o'yinda futbolga oida 4ta savol beriladi.
Qoida: Bugundan boshlab savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi. Agar ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishsa ikkala jamoaga ball beriladi.
Agar siz mezbon jamoa muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu mehmon jamoa muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.
"Fanat Superliga". "Qo'qon-1912" – "Mashal"
"O'yin" soat 17:15da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi.
Agar savolga javob 5 daqiqa ichida topilmasa keyingi savolga o'tiladi. To'g'ri javob berib qaysidir jamoaga ochko keltirgan nik sohiblari o'sha turda boshqa jamoa muxlisi bo'la olishmaydi!
1-savol: 2017 yil oliy ligada eng ko'p o'yinni boshqargan hakam kim? Javob: Vladislav Ceytlin (Pirlo "Qo'qon-1912" muxlisi birinchi bo'ldi)
2-savol: Ture Andre Flo qaysi terma jamoada to'p tepgan? Javob: Norvegiya (........ "Qo'qon-1912" muxlisi birinchi bo'ldi)
3-savol: 1998 yil Nigeriya terma jamoasi bosh murabbiyi kim bo'lgan? Javob: Bora Milutinovich (Arslan 23 "Qo'qon-1912" muxlisi birinchi bo'ldi)
4-savol: Taribo Uest qaysi terma jamoada o'ynagan? Javob: Nigeriya (........ "Qo'qon-1912" muxlisi birinchi bo'ldi)
O'yin tugadi. "Qo'qon-1912" – "Mashal" 4:0
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar