So’nggi yangiliklar

19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  0 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  6 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  6 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  19 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2

"Fanat Superliga". "Lokomotiv" - "So'g'diyona" 2:2 Yangiliklar

"Fanat Superliga". "Lokomotiv" - "So'g'diyona" 2:2

Teglar :  Fanat superliga
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda 4ta futbolga oida savol beriladi.  

Qoida: Bugundan boshlab savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi.  Agar ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishsa ikkala jamoaga ball beriladi. 

Agar siz mezbon jamoa muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu mehmon jamoa muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"Fanat Superliga".  "Lokomotiv" - "So'g'diyona"

"O'yin" soat 15:45da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

1-savol: Jahon chempionatida uch marta finalga chiqib uchalasida yutqazgan terma jamoa qaysi? Javob: Gollandiya (Niderlandiya). (Temurbek Valiev "Lokomotiv" muxlisi birinchi bo'ldi)

2-savol: Evropa chempionlar ligasida eng ko'p gol urgan futbolchilar Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi. Uchinchi o'rinda kim?  Javob: Raul (Jamshid Jalilov  "So'g'diyona" muxlisi birinchi bo'ldi)

3-savol: 2012 yil Oliy ligada kim, nechta gol bilan to'purar bo'lgan? Javob: Anvar Berdiev 19ta gol (Xurshid Bakhtiyaroff "Lokomotiv" muxlisi birinchi bo'ldi)

4-savol:  1994 yil Oliy ligada qaysi jamoa kumush medalni qo'lga kiritgan edi? Javob: "Nurafshon" (dinamo_real  "So'g'diyona" muxlisi birinchi bo'ldi)

O'yin tugadi: "Lokomotiv" - "So'g'diyona" 2:2

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика