"Fanat Superliga". "Lokomotiv" - "So'g'diyona" 2:2

Narzulla Saydullayev
29 mar 2020, 15:45
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda 4ta futbolga oida savol beriladi.  

Qoida: Bugundan boshlab savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi.  Agar ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishsa ikkala jamoaga ball beriladi. 

Agar siz mezbon jamoa muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu mehmon jamoa muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"Fanat Superliga".  "Lokomotiv" - "So'g'diyona"

"O'yin" soat 15:45da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

1-savol: Jahon chempionatida uch marta finalga chiqib uchalasida yutqazgan terma jamoa qaysi? Javob: Gollandiya (Niderlandiya). (Temurbek Valiev "Lokomotiv" muxlisi birinchi bo'ldi)

2-savol: Yevropa chempionlar ligasida eng ko'p gol urgan futbolchilar Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi. Uchinchi o'rinda kim?  Javob: Raul (Jamshid Jalilov  "So'g'diyona" muxlisi birinchi bo'ldi)

3-savol: 2012 yil Oliy ligada kim, nechta gol bilan to'purar bo'lgan? Javob: Anvar Berdiev 19ta gol (Xurshid Bakhtiyaroff "Lokomotiv" muxlisi birinchi bo'ldi)

4-savol:  1994 yil Oliy ligada qaysi jamoa kumush medalni qo'lga kiritgan edi? Javob: "Nurafshon" (dinamo_real  "So'g'diyona" muxlisi birinchi bo'ldi)

O'yin tugadi: "Lokomotiv" - "So'g'diyona" 2:2

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia