"Fanat Superliga". "Lokomotiv" – "Qizilqum" 2:2

Narzulla Saydullayev
1 apr 2020, 17:30
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda futbolga oida 4ta savol beriladi.  

Qoida: Bugundan boshlab savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi.  Agar ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishsa ikkala jamoaga ball beriladi.  

Agar siz mezbon jamoa muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu mehmon jamoa muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"Fanat Superliga". "Lokomotiv" – "Qizilqum"

"O'yin" soat 17:30da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

Agar savolga javob 5 daqiqa ichida topilmasa keyingi savolga o'tiladi. To'g'ri javob berib qaysidir jamoaga ochko keltirgan nik sohiblari o'sha turda boshqa jamoa muxlisi bo'la olishmaydi!      

1-savol: 2018 yil Oliy ligadagi eng birinchi golini kim urgan? Javob: Marat Bikmaev (Otabek Ismailov "Lokomotiv" muxlisi birinchi bo'ldi) 

2-savol: Patrik Mboma qaysi terma jamoada o'ynagan?  Javob: Kamerun (Dimkaaaa  "Qizilqum" muxlisi birinchi bo'ldi)

3-savol: 2002 yilgi Jahon chempionatida "Oltin to'p"ni kim olgan? Javob: Oliver Kan (Shahzod Rasulev   "Lokomotiv" muxlisi birinchi bo'ldi)

4-savol: Uinston Bogard qaysi terma jamoada o'ynagan? Javob: Niderlandiya yoki Gollandiya (alibobo  "Qizilqum" muxlisi birinchi bo'ldi)

O'yin tugadi: "Lokomotiv" – "Qizilqum" 2:2

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia