Falkao “Monako”ga yordam bera olmaydi
04 apr 2019 20:01
Yangiliklar


Falkao “Monako”ga yordam bera olmaydi
“Monako” hujumchisi Radamel Falko o'ng oyog'i mushaklaridan olgan jarohati bois Franciya chempionatining navbatdagi 31-turida maydonga tusha olmaydi.
Francuz klubi rasmiy sayti xabariga ko'ra, futbolchi “Kann”ga (0:1) qarshi bellashuvda jarohat olgan. Ayni paytda kolumbiyalik futbolchining qachon safga qaytishi nomalum. Bundan tashqari, jamoa yarim himoyachisi Ses Fabregas jarohatdan forig' bo'lib, umumiy mashg'ulotlarga qaytgan.
Joriy mavsumda Falkao “Monako” safida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar