Falkao: “Kataloniyaliklar hali o'ziga keladi”
28 okt 2021 07:40
Yangiliklar
Falkao: “Kataloniyaliklar hali o'ziga keladi”
La Liga doirasida o'tgan “Rayo Valekano” – “Barselona” (1:0) uchrashuvidan keyin g'alaba goli muallifiga aylangan Radamel Falkao o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Muxlislarimizning quvonchlarini ko'rganimizdan juda baxtiyormiz. Biz shunga erishmoqdamiz. “Barselona”ga qarshi o'yinlarda hech qachon yutmagandim. Trexo (assist bo'lgan futbolchi) nima qilish kerakligini aniq bildi, u menga imkoniyat yaratdi va uzun pas berdi. Bu g'alaba katta ahamiyatga ega. “Rayo Valekano” muvaffaqiyatlarga mehnatsevarlik evaziga erishmoqda.
“Barselona” esa qanday holatda bo'lmasin, ajoyib o'yinchilarga ega. Hozir ular uchun qiyin kunlar boshlangan, ammo kataloniyaliklar hali oyoqqa turishadi”, deydi kolumbiyalik forvard.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar