Falkao "Galatasaroy"dan ketishga yaqin
17 iyu 2021 16:52
Yangiliklar
Falkao "Galatasaroy"dan ketishga yaqin
Istanbulning "Galatasaroy" klubi forvardi Radamel Falkao klubdan ketishga yaqin.
Turk klubi yozgi transfer oynasida o'yinchi bilan xayrlashishga qaror qildi. Kolumbiyalik futbolchining xizmatlariga MLS, Qatar va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda.
Radamel "Galatasaroy"da 2019 yilning sentyabridan beri o'ynaydi. Istanbul jamoasiga erkin agent maqomida o'tgan futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi kelasi mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Hujumchi o'tgan mavsum Superliga doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar