Falastin – O'zbekiston uchrashuvini xitoylik hakamlar boshqaradi
04 sen 2019 11:19
Yangiliklar


Falastin – O'zbekiston uchrashuvini xitoylik hakamlar boshqaradi
Ertadan Osiyoning bir qator shaharlarida mundial saralashi o'yinlari o'tkaziladi.
Saralash bahslarining “D” guruhidan o'rin olgan O'zbekiston milliy terma jamoasi ilk o'yinini safarda Falastinga qarshi o'tkazadi. Mazkur uchrashuv 5 sentyabr kuni Al-Ram shahridagi Falastin terma jamoasining uy o'yinlarini o'tkazadigan “Faisal Al-Husseini” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin bizning vaqtimiz bilan soat 19:00da boshlanadi.
Ushbu o'yinni xitoylik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bosh hakam – Fu Ming. Unga qanotlarda hamyurtlari – Huo Veiming hamda Vang Decin yordam beradi.
Falastin – O'zbekiston
Bosh hakam: Fu Ming (Xitoy)
Yordamchi hakamlar: Huo Veiming (Xitoy), Vang Decin (Xitoy).
Zaxira hakami: Arafa Muhammad (Iordaniya).
Nazoratchi: Baskar Purushotaman (Hindiston).
Komissar: SHahir Ahmed (Maldiv).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar