Falastin davlati "Barselona"ga minnatdorchilik bildirdi
19 iyu 2021 19:23
Yangiliklar


Falastin davlati "Barselona"ga minnatdorchilik bildirdi
Falastin futbol associaciyasi Ispaniyaning "Barselona" klubiga Isroilning "Baytar" jamoasiga qarshi o'yindan bosh tortgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
"Biz 'Barselona'ga inson huquqlarini qadrlaydigan klub eng irqchi jamoalardan biriga qarshi o'ynash niyatida ekanligi haqidagi g'oyadan hayratga tushgan dunyodagi millionlab muxlislarining hissiyotlariga ko'rsatgan hurmatlari uchun o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz", — deyilgan associaciya bayonotida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Isroilning "Baytar" klubi rahbariyati Kataloniya jamoasining Quddusda o'ynashni istamagani sababli "Barselona" bilan o'rtoqlik uchrashuvi bekor qilinganini malum qilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar