So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  2 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  10 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  4 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4

Falastin bosh murabbiyi: "O'zbekiston bilan o'yindan oldin bizni bitta savol qiynamoqda..." Yangiliklar

Falastin bosh murabbiyi: "O'zbekiston bilan o'yindan oldin bizni bitta savol qiynamoqda..."

JCH-2022 saralashi doirasidagi O'zbekiston - Falastin uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Nuriddin Ould Ali qatnashdi.

Unga futbolchi Nazmi Al Badavi hamrohlik qildi. 

"Assalomu alaykum. Ertangi uchrashuv har ikkala jamoa uchun muhim hisoblanadi. Ikkala jamoa ham oldingi turdagi mag'lubiyatlarni unutishga intilishadi. O'zbekiston ham, Falastin ham ertaga g'alaba uchun o'ynaydi. Biz ham, mezbonlar ham keyingi bosqchiga chiqishni istamoqda", - deydi Nuriddin Ould Ali.

"Ertangi o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz. Ammo qiyin bo'lishi aniq. O'zbekiston Falastinda mag'lub bo'lgan bo'lsada sifatli o'ynaydi. Raqibning qanchalik kuchli ekanligini bilamiz", - deydi Nazmi Al Badavi.


- Siz raqibni juda ham izchil o'rganadigan murabbiylardan birisiz.
- To'g'ri O'zbekiston terma jamoada murabbiy o'zgardi. Ammo futbolchilar o'sha o'sha. Hozirgi kunda raqibdan qandaydir malumotni yashirishning iloji yo'q.

- O'zbekiston terma jamoasidan qaysi futbolchini alohida ko'rsatgan bo'lardingiz?
- Birinchi navbatda asosiy darvozabon, chap qanot himoyachisi, markaziy himoyachi, 9-raqamdagi Odil Ahmedov, 10-raqamli Jaloliddin Masharipov va 17-raqamli Doston Hamdamov. "Rostov"da o'ynayotgan hujumchi SHomurodov ham kuchli. Ertangi bahsdan oldin bizda bitta savol bor markaziy himoyada 9-raqamli Ahmedov tushadimi yoki 15-raqamli futbolchimi (Krimec nazarda tutilmoqda).


- Birinchi o'yin suniy maydonda bo'lgandi. Ertaga esa tabiiy maydonda bo'ladi...
- Bizda tabiiy maydonda o'ynashda muammo yo'q. Agar tabiiy maydonda muammo bo'lmasa biz bemalol o'ynayveramiz.

- Falastin o'z uyida butunlay boshqa O'zbekistonga qarshi o'ynagan edi. Ertaga safarda himoyada o'ynaysizlarmi yoki hujumda?
- Biz ertaga barchasiga tayyor bo'lishimiz kerak. Qarshimizda kuchli terma jamoa o'ynaydi. Ob-havo hech qanday tasir qilmasa kerak.

- Yaman bilan bahsda qizil kartochka olgan Mahmud Abu Varda o'ynay olmasligidan xabarimiz bor. Tarkibda jarohat olgan futbolchi ham bormi?
- To'g'ri Abu Varda o'ynay olmaydi. Biz Toshkentga 23 nafar futbolchi bilan keldik va ularning barchasi O'zbekiston bilan bahsda maydonga tushishga tayyor.


Narzulla Saydullaev yozib oldi

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика