So’nggi yangiliklar

22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  0 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  57 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0

FAKTLAR: Bo'riev klub safida birinchi qizil kartochkasini oldi. "Olimpik"da g'alabasiz seriya 2 oyga etdi Yangiliklar

FAKTLAR: Bo'riev klub safida birinchi qizil kartochkasini oldi. "Olimpik"da g'alabasiz seriya 2 oyga etdi

Biroz oldin Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Qizilqum" uchrashuvi yakuniga etdi.

 Ikki jamoa uchun ham muhim sanalgan bahsda durang natija qayd etildi. Mazkur uchrashuvga oid qiziqarli faktlarni etiboringizga havola qilamiz. 

Olimpik

Superliga. 23-tur

26/10/2023, 16:00

0
:
0
Tugadi

Qizilqum

45'
90'
15'  Abdurauf Bo'riev
46'  Saidazamat Mirsaidov (Saidafzalxon Ahrorov)
46'  Ibrohim Ibragimov (Temur Mamasidiqov)
75'  ZHasur ZHaloliddinov (Nodirbek Abdixoliqov)
75'  Farrux Muxtorov (SHerzod Esanov)
83'  Otabek Jo'raqo'ziev (Asadbek Jo'raboev)
18'  Islom Kenzhaboev
61'  Sherali Jo’rayev (Ilhom Vahobov)
61'  Murodbek Rahmatov (Alisher Sanayev)
63'  Ilhom Vahobov
72'  Akaki SHulaya
77'  Akaki SHulaya
85'  Azizbek Usmonov (ZHo'rabek Mannonov)
85'  Muhammadali G'iyosov (Diyor Rahmatilloev)

— "Olimpik" jamoasi 2 oydan buyon g'alaba nimaligini bilmayapti. Timur Kapadze shogirdlari so'nggi bor 25 avgust kuni uyda "Turon"ni mag'lubiyatga uchratgandi (2:0). 

So'nggi o'yinlar

O'zbekiston kubogi 1/4 final. "Dinamo" - "Olimpik" 4:3

20-tur. 28.09.2023. "Olimpik" - "Nasaf" 1:3

22-tur. 21.10.2023. "Olimpik" - "Bunyodkor" 1:1

23-tur. 26.10.2023. "Olimpik" - "Qizilqum" 0:0


— Poytaxt klubi bu mavsumda uyda eng kam g'alaba qozongan 4 jamoadan biri bo'lib turibdi (2 g'alaba). "Olimpik"dan tashqari "Bunyodkor" va "Turon" hisobida 1ta, "Buxoro"da 2tadan g'alaba mavjud. 

— "Qizilqum" ketma-ket 4ta uchrashuvdan buyon mehmondagi o'yinlarda mag'lubiyatga uchrayotgani yo'q. Navoiyliklar so'nggi bor 5 avgust kuni "Buxoro"ga imkoniyatni boy berishgandi. 

17-tur. 19.08.2023. "Nasaf" - "Qizilqum" 0:0

19- tur. 22.09.2023. "Surxon" - "Qizilqum" 1:2

21-tur. 06.10.2023. "Bunyodkor" - "Qizilqum" 2:2

23-tur. 23.10.2023. "Olimpik" - "Qizilqum" 0:0

— "Olimpik" jamoasi futbolchilari bu yil hakamlar tomonidan to'rtinchi bor qizil kartochkaga loyiq ko'rildi. Bungacha Jasur Jaloliddinov, SHahzod Tairov, Muhammadali G'iyosov uchrashuvni qizil kartochka sabab erta tugatishga majbur bo'lgan edi. 

— Abdurauf Bo'riev klublar miqyosida faoliyatida ilk bor qizil kartochkani oldi. Bunga qadar u faqat olimpiya terma jamoasi safida Osiyo o'yinlari yarim finalida Janubiy Koreya bilan bahsda maydondan chetlatilgandi. 

— Jamoalarning o'zaro o'yinlarida ilk bor durang natija qayd etildi. Bugungacha kechgan 3ta uchrashuvning 2tasida "Qizilqum", 1tasida "Olimpik" 3 ochkolik bo'lgan. 

— "Qizilqum" joriy mavsum hisobidan 4-uchrashuvda raqibi bilan 0:0 hisobida durangga imzo chekdi. SHularning 3tasi safardagi o'yinlarda yuz berdi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика