Fakt. "Lokomotiv" hech qachon OCHL saralashida g'alaba qozona olmagan

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2020, 21:00
Bugun OCHL-2020 saralashi doirasidagi "Lokomotiv" - "Istiqlol" (0:1) uchrashuvi o'lib o'tdi.

Shu tariqa, O'zbekiston vice-chempioni o'zining noxush ananasini davom ettirdi. Gap shundaki, "temiryo'lchilar" uchinchi marta Osiyo chempionlar ligasi saralashida ishtirok etishdi va uchinchi marta mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. 

2013 yilda "Lokomotiv" safarda "Al Nasr"ga yutqazgandi. Bir yo'l o'tib Toshkentda "Kuvayt SK"ga imkoniyat boy berilgan.  


2013 yil
"Al Nasr" (BAA) - "Lokomotiv" (O'zbekiston) 3:2

2014 yil
"Lokomotiv" (O'zbekiston) - "Kuvayt SK" (Kuvayt) 1:3

2020 yil

"Lokomotiv" (O'zbekiston) - "Istiqlol" (Tojikiston) 0:1


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia