FAKT. Eng ko'p kartochka ko'rsatilgan final va hakam
18 dek 2022 17:48
Yangiliklar
FAKT. Eng ko'p kartochka ko'rsatilgan final va hakam
Jahon chempionati finaliga oil qiziqarli faktlar davom etadi. Bu safar navbat sariq va qizil kartochkalarga.
Avvalgi 20ta finalda futbolchilarga jami 60ta sariq va 5ta qizil kartochka ko'rsatilgan. Faqatgina bir futbolchi Diego Maradona finallarda 2 marotaba ogohlantirilgan (1986,1990). 5ta chetlatishdan 2tasi 1990 yilgi Jahon chempionatiga to'g'ri keladi. Germaniya va Argentina o'rtasida kechgan finalda meksikalik referi Edgardo Kodesal oq-ko'klar tarkibidan Gustavo Desotti va Pedro Monsonni qizil kartochka bilan siylagan.
Eng qo'pol final JCH-2010, Ispaniya - Niderlandiya uchrashuvi hisoblanadi. Ingliz hakami Xovard Uebb ikki jamoadan jami 13 nafar futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi. Niderlandiyadan Jon Xeytinga chetlatish sabab muddatidan avval maydonni tark etgan.
Fikrlar