So’nggi yangiliklar

23:19CAFA. Тожикистон Афғонистонни мағлуб этди  0 22:57Марко Асенсио энди Туркия клуби шарафини ҳимоя қилади  0 22:43Расман: Расмус Хойлунд "Наполи" футболчиси  1 22:13Туркманистонга қарши ўйин олдидан расмий машғулот  3 21:13Илкай Гюндоганнинг кейинги клуби номи маълум бўлди  3 21:07"Байер" 30 млн. еврога Саудия Арабистони клуби футболчисини сотиб олди  0 20:15Трансфер дедлайни: "Ливерпуль" Гехини ҳам сотиб олмоқда  8 19:53"Манчестер Сити" аъзоси Италияга йўл олмоқда — Here We Go!   5 19:36Breaking! "Бавария" Николас Жексон трансферини ижобий ҳал қилди  5 19:20Коло Муани "Тоттенхэм" футболчисига айланмоқда — Here We Go!  1 19:00CAFA Nations Cup. Эрон Ҳиндистон дарвозасига 3 та тўп киритди  16 18:41Расман: "Ливерпуль" футболчиси "Рома"га ўтди  0 18:23"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олмоқда  4 18:02Ҳусанов қанча муддатга сафдан чиққани маълум  12 17:39Эшитдик-да! Усмон Тошев ЎФА терма жамоалар бўлими раҳбари лавозимига қайтмоқда  54

"Fakel" sinovida sinalgan "Andijon", "ovga" chiqqan "ajdarlar" va "krasavchik" yigit Yangiliklar

"Fakel" sinovida sinalgan "Andijon", "ovga" chiqqan "ajdarlar" va "krasavchik" yigit

Jamoalarimizning Turkiyadagi yig'ini reja asosida davom etmoqda.

Championat.asia sayti ham endilikda yaxlit jamoa sifatida Antaliyada ishga kirishdi. Imkon qadar barcha jamoalarni qamrab olish rejalashtirilgan. Ish shu asosda davom etmoqda. 


Kechagi kunning dastlabki manzili "Andijon" jamoasining o'rtoqlik uchrashuvi bo'ldi. Bahs "Titanik" kichik arena mezbonlik qildi. Malumot uchun, maydon ijara to'lovi 800 evroni tashkil etadi. Rossiya Premer-Ligasi vakili Varonejning "Fakel" jamoasi "burgutlar"ning Turkiya yig'ini doirasidagi ikkinchi raqib hisoblanadi. Birinchi bahs Ruminiyaning "CHiksereda" klubiga qarshi kechgan va unda 0:0 hisobi qayd etilgan edi. Malumot uchun, "Fakel" ayni paytda Rossiya chempionatida 13-o'rinda ketmoqda. Jamoani rossiyalik 47 yoshli mutaxassis Dmitriy Anatolevich Pyatibratov boshqarib kelmoqda. U bosh murabbiy sifatida 2022 yilning 18 sentyabridan ish boshlagan. O'yinga kelsak, "Andijon" garchi kuchli raqib bo'lishiga qaramay ochiq futbol taklif qildi va o'yinni nazorat qilishga, birinchi raqam ostida o'ynashga harakat qildi. SHahboz Erkinovning birinchi bo'lim o'rtalarida penaltidan urgan goliga, varonejliklar 2ta penaltidan urilgan gol evaziga javob qaytardi va tanaffusga 2:1 hisobida chiqib ketdi. Ikkinchi bo'limda Aleksandr Xomyakov qolgan futbolchilarga ham imkoniyat berdi. Baribir tajriba o'z so'zini aytdi va "Fakel" yana 2ta gol urib o'yinni 4:1 hisobida yakunladi. Bu orada o'yin davomida qulog'imizga jamoaga argentinalik hujumchi kelishi haqida gaplar qulog'imizga chalindi. Bunga esa Aleksandr Xomyakov munosabat bildirdi.




Yana bir malumot "Fakel" klubi tahlilchilari o'yinni nafaqat kamerada, balki dronlar yordamida ham tasvirga tushirdi. Bu murabbiylarga o'yinni to'liq tahlil qilish imkonini beradi. 



SHu kuni uchrashuvni tomosha qilish uchun "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va SHuhrat Toshpo'latov tashrif buyurdi. Ayni paytda Superliganing 13ta klubi shu erda va nisbatan bir-birlarini o'rganish osonroq, qolaversa stadionlar orasi uzoq emas.  SHu bois mazkur jarayonni tabiiy qabul qilish mumkin. Qarshiliklar ustozi "Andijon"ning Ruminiya klubiga qarshi o'yinini ham stadiondan kuzatgandi. Yana bir malumot, Ro'ziqul Berdiev kunning ikkinchi yarimida "Paxtakor" - "Samgurali" uchrashuvini kuzatdi. 



Kunning ikkinchi manzili "Neftchi" mashg'uloti bo'ldi. Vitaliy Levchenko deyarli tarkibni aniqlab oldi, deya olamiz. Asosiy muammo Lutfulla To'raevning poziciyasini to'ldiradigan o'yinchi olish edi. Fikrimizcha bu muammoning ham echimi topilgandek. Transferlar oynasi yopilishiga 11 kun vaqt qoldi va fikrimcha buyog'iga turli futbolchilarni ko'rikdan o'tkazish jarayoniga nuqta qo'yilsa kerak. Ko'rikda bo'lib turgan Danu Spataru va Evgeniy Bashkirovga javob berilgan. Kechagi mashg'ulotlar ko'tarinki ruhda o'tdi, ayniqsa "Neftchi" darvozaboning Noyerga hos seyvi mashg'ulotning kulminacion nuqtasiga aylandi. Mazkur seyvni Akbar To'raev tabiri bilan aytganda "krasavchik" yigit tasvirga muhrladi. Takidlash joiz, "Neftchi" navbatdagi nazorat uchrashuvini ertaga Armanistonning "Alashkert" klubiga qarshi o'tkazadi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика