Fabregas Maguayrning foli haqida: "Bu qizil"
18 fev 2020 10:44
Yangiliklar


Fabregas Maguayrning foli haqida: "Bu qizil"
"CHelsi" sobiq yarim himoyachisi Fransesk Fabregas "Manchester Yunayted" sardori Xarri Maguayrning kechagi o'yindagi harakatlarini qoraladi.
"Bu qizil", - deb yozdi Sesk.
"CHelsi" tvitteri bunga javob tariqasida: "Kim Seskga qo'shiladi" deya post qoldirdi.
Qayd etish kerakki, Maguayrning Mishi Batshuayiga qarshi qo'polligidan so'ng VAR ishlatilgan, ammo bu holatni chetlatish uchun etarli deya hisoblashmagan. O'yinning bosh hakami esa Entoni Teylor edi.
Bundan tashqari, "aristokratlar" o'yinda 2ta gol urishgan edi, ammo VAR bu gollarni bekor qildi. Lempardning o'zi esa hakamning kamida ikkita qaroriga qo'shilmasligini aytib o'tdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar