Fabregas: “Kechagina futbol o'ynashni boshlagandekman, ammo 15 yil ortda qoldi”
06 jan 2019 09:53
Yangiliklar
Fabregas: “Kechagina futbol o'ynashni boshlagandekman, ammo 15 yil ortda qoldi”
“CHelsi” yarim himoyachisi Sesk Fabregas Angliya Kubogi 1/32 finalida “Nottingem Forest”ga (2:0) qarshi bellashuvdan keyin, bu uning uning London klubidagi so'nggi o'yini ekanligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
“Maydonni tark etish chog'idagi ko'z yoshlar? Ha, hammasi ushbu o'yinda ro'y beradi, deb o'ylamagandim. “CHelsi”ga hurmatim baland, ammo jamoadagi hozirgi holat barchaga malum. Vaqt o'tib bormoqda. Xuddiki kecha professional tarzda futbol o'ynashni boshlagandekman. Ammo ortga nazar solsak 15 yil o'tib ketdi.
Yosh futbolchilarga kichik maslahatim bor: maydondagi har bir lahzangizdan lazzat oling. Futbolchi har uch kunda yangi chaqiruvga, bahsga tayyor bo'lishi lozim. Biz olqish va taniqidlarni eshitamiz, muvaffaqiyat va qulash davri bo'ladi, ammo vaqt o'tib ketganini sezmay qolamiz”, deya Fabregasning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal nashri.
O’xshash yangiliklar
23:28
Konferenciyalar ligasi saralashi. "CHelsi" va "Lans"ning bahs uchun tarkiblari malum qilindi 1
16:23
"CHelsi"da Sterlingdan 7-raqamini olib qo'yishdi. Futbolchining o'zi ham ketishga jamoa qidirmoqda 6
20:09
Bazasi futbolchilarga to'lib ketgan "CHelsi" 50 mln evroga "Atletiko" futbolchisini sotib oldi 3
Fikrlar