Fabregas Italiyaning 2-ligasida 6-o'rinda borayotgan "Komo"ga bosh murabbiy etib tayinlanadi. Sesk iyuldan beri yoshlar jamoasini boshqarmoqda
13 noy 2023 01:31
Yangiliklar
Fabregas Italiyaning 2-ligasida 6-o'rinda borayotgan "Komo"ga bosh murabbiy etib tayinlanadi. Sesk iyuldan beri yoshlar jamoasini boshqarmoqda
Fransesk Fabregas "Komo"ning yangi bosh murabbiyi bo'ladi.
Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, klub rahbariyati "Askoli" (1:0)ga qarshi 11 noyabrdagi o'yinda g'alabaga erishilganiga qaramay Moreno Longni istefoga chiqarishga qaror qilgan.
Bo'shab qolgan joyni esa yozdan beri "Komo"ning yoshlar jamoasini boshqarayotgan Ispaniya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi egallaydi.
Fabregas italyan klubida 2022/23 yilgi mavsumda o'ynagan.
Jamoa ayni damda 12ta o'yinda 21 ochko jamg'argan holda Italiyaning ikkinchi ligasida 6-o'rinda bormoqda. "Komo" o'tgan mavsumda 13-o'rinni egallagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar