Fabregas futbolchilik faoliyatini yakunladi
01 iyu 2023 23:31
Yangiliklar
Fabregas futbolchilik faoliyatini yakunladi
Ispaniya terma jamoasi, "Arsenal", "Barselona", "CHelsi", "Monako" va "Komo" sobiq yarim himoyachisi bu haqda ijtimoiy tarmoqda elon qildi.
"Butsalarimni mixga ilish vaqti kelganini katta qayg'u bilan malum qilyapman. JCH va Evrodagi g'alabalardan Angliya va Ispaniya hamda deyarli barcha sovrinlargacha. Unutilmas faoliyat.
Menga yordam bergan hammadan minnatdorman. Oilmadagi barchaning maslahatlarini qadrlayman.
Meni taslim etishga uringanlarga ham rahmat aytaman, ular meni kuchliroq futbolchiga aylantirishdi. Faoliyatim davomida 3 tilni o'rgandim, sayoxatlarda aqlliroq inson bo'ldim. Orzu ham qila olmaydigan tajriba to'pladim.
Endi oq chiziqning ortiga o'tib, "Komo" yoshlarini shug'ullantirmoqchiman.
Xayrlashish vaqti keldi. Maydondagi har bir daqiqamni yaxshi ko'rardim" - deb yozdi Fabregas.
Fabregas 2003 yilda kattalar futbolida "Arsenal" safida debyut qilgan. Sesk faoliyati davomida 16ta sovrin yutgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar