So’nggi yangiliklar

10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  1 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  3 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  2 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  8 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  2 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  18 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  15 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  13 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21

Fabio Poletto: “Butun dunyoda futzal rivojlanib bormoqda” Yangiliklar

Fabio Poletto: “Butun dunyoda futzal rivojlanib bormoqda”

Kolumbiyada bo'lib o'tayotgan Jahon chempionati guruh bahslari o'z nihoyasiga etdi.

Ozarbayjon terma jamoasi “G'” guruhida ikkinchi o'rinni egallab keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi. “Pley-off” bosqichida Ozarbayjon terma jamoasi Tailandga qarshi bahs olib boradi. ushbu uchrashuvdan oldin biz ijtimoiy tarmoq orqali Ozarbayjon terma jamoasi azosi Fabio Poletto bilan bog'lanib undan intervyu oldik.

“Guruh bosqichi biz uchun juda ham qiyin kechdi. Raqiblar ham ancha kuchli edi. Lekin, biz o'z o'yinimizni namoyish etdik va chiroyli futzal ko'rsatdik. Endi, bor etiborimizni keyingi bosqichdagi o'yinga qaratamiz. Guruhdagi so'nggi uchrashuvda biz faqat g'alabani o'ylab maydonga tushdik, chunki raqibimiz Eron terma jamoasi edi. Hisobda durang natija qayd etgan bo'lsakda, o'yin davomida ustunlik biz tarafda bo'ldi. Ushbu natija bizni guruhda ikkinchi o'rinni egallashimizni taminladi. “Pley-off”dagi raqibimiz juda ham kuchli terma jamoalardan biri. Ular guruh bosqichida ham yaxshi natijani qayd etdi. Bizni oldinda jiddiy bahs kutmoqda deb o'ylayman. Lekin bizning terma jamoa bor etiborini ijobiy natija qayd etishga qaratgan. Juda ham ajoyib turnir bo'lib o'tmoqda. Mundialdagi barcha terma jamoalar yaxshi o'yin ko'rsatyapti. Butun dunyoda futzal rivojlanib borayotganini ko'rsatmoqda”, - deydi Ozarbayjon terma jamoasi azosi Fabio Poletto.


Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика