Fabino: "Chelsi" xato qildi"

Tolibjon Qosimov
12 sen 2018, 21:55
"Liverpul" futbolchisi Fabino "Chelsi" Temua Bakayokoni "Milan"ga ijaraga berib xato qildi deb hisoblamoqda.

Uning so'zlariga ko'ra, Bakayoko hali o'z darajasini ko'rsatadi.

"O'tgan mavsum "Chelsi"ning bir nechta o'yinlarini kuzatdim, u yaxshi harakat qilgandi. Albatta, klubda birinchi mavsum hamisha qiyin o'tadi. Lekin, uning ketishini kutmagan edim. Endi "Milan"da ajoyib o'yinchi bor. Aminman, u "Monako"da ko'rsatgan o'yinini namoyish etadi. "Chelsi" katta xatoga yo'l qo'ydi. Balki u Angliyaga qaytar va hammaga nimaga qodirligini ko'rsatar", - dedi Fabino.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Yahoo Sports