Fabianski "Vest Xem" bilan shartnomasini uzaytirdi
10 mar 2021 22:22
Yangiliklar


Fabianski "Vest Xem" bilan shartnomasini uzaytirdi
35 yoshli darvozabon 2022 yilgacha London klubi sharafini himoya qiladi.
Tajribali posbon Lukash Fabianski "Vest Xem" bilan yangi shartnoma imzoladi, deb xabar berdi London klubi matbuot xizmati.
35 yoshli polyak bilan yangi kelishuv 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, avvalgi shartnoma esa shu yilning yozida yakuniga etardi.
Fabianski "bolg'achilar" safiga 2018 yil yozida qo'shilgan. Lukash joriy mavsum barcha turnirlarda 27 uchrashuv o'tkazib, 30 marta o'z darvozasidan to'p olib chiqdi. SHuningdek, u 10 ta "quruq" o'yinga ega.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar