So’nggi yangiliklar

21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  0 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  2 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  15 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  3 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  12 18:19"Милан"нинг янги мавсум либоси намойиш этилди  1 17:50Осимхен "Ювентус"ни рад этди. АПЛнинг 2 та клуби уни трансфер қилмоқчи  1 17:26"Қўқон-1912" "Қизилқум"дан устун келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05Модричга "Реал"дан янги таклиф тушмади – Ла Лиганинг навбатдаги турида хайрлашув кутилмоқда  4 16:30Хаби Алонсо "Байер"дан Мадридга асосий ҳимоячисини олиб кетади  16 16:02Салиба жароҳати сабаб Миллатлар Лигаси финал босқичини ўтказиб юборади  6 15:35"Барселона" "Вест Хэм" ва Бундеслигада ишлаган топ-менежер билан музокаралар ўтказмоқда  0

OCHL. OKMK so'nggi o'yinda ham mag'lubiyatga uchrab, guruh bosqichini ochkosiz yakunladi Yangiliklar

OCHL. OKMK so'nggi o'yinda ham mag'lubiyatga uchrab, guruh bosqichini ochkosiz yakunladi

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 6-turi doirasida OKMK safarda "Eyr Fors" bilan kuch sinashdi.

Osiyo CHempionlar Ligasi. 5-tur

"Eyr Fors" — OKMK 3:2

Gollar: 1:0 — 14, Saad Abdul Amir, 2:0 — 15, Atchu, 3:0 — 42, Muhammad Qosim, 3:1 — 62, Mirjahon Mirahmadov, 3:2 — 90+4, Martin Boake.

Eyr Fors: 20.Muhammad Hamid, 2. Marufi (6.Sameh Said, 77), 7.SHarif Abdul Kadim, 24.Hasan Raed Matruk, 40.N'Diaye, 44.Hamud Mashan, 13.Atchu (5.Yusuf Favzi, 66), 19.Muhammad Qosim (14.Eduku, 74) 25.Saad Abdul Amir, 30.Mustafo Volid Fatla (16.SHihob Razzoq, 74), 88.Muhannad Abdulrahim (77.Ahmad al Sarori, 74)

Zaxira: 8.Ibrohim Bayesh, 10.Ali Jasim, 11.Human Tariq, 12.Muhammad SHokir, 17.Mustafo Sadun, 18.Apoko, 48.Ruslan Hanun

OKMK: 25.Valijon Rahimov, 7.Dilshodbek Ahmadaliev, 3.Sardor Rahmonov, 20.Islom To'xtaxo'jaev (40.Jahongir Fozilov, 90+2), 29.Vitaliy Denisov (C), 4.Mirjamol Qosimov (38.Sirojiddin Bashriddinov, 90), 24.Murat Ermatov (23.Iskandar Businov, 83), 88.Siavash Xaqnazariy, 14.Mirjahon Mirahmadov (39.Aslbek Umirzoqov, 90), 27.Martin Boake, 10.Xurshid G'iyosov
Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 12.Dilshodbek Yoqubov

Ogohlantirish: Mirjahon Mirahmadov (74)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90+4. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Haqnazariyning uzatmasidan so'ng Boake bosh bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi va hisobni qisqartirdi!

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

85. Mezbonlar bir daqiqa ichida ikkita noaniq zarba yo'lladi.

84. OKMKda ilk o'zgarish amalga oshirildi: Businov Ermatovni almashtirdi.

80. OKMKda standart yuzaga keldi, Qosimovning uzatmasidan so'ng Haqnazariy noaniq zarba yo'lladi.

77. So'nggi 3 daqiqa ichida mezbonlarda 4ta o'zgarish amalga oshirildi. OKMK esa hali bu ishga qo'l urmadi.

74. Mirahmadov raqib futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi. 

71. OKMKda burchak zarbasi ijro etildi, ammo to'p raqib himoyachilari tomonidan qaytarildi.

65. OKMKda standart vaziyat yuzaga keldi. Qosimovning uzatmasiga zarba yo'llaydigan sherigi topilmadi.

62. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Mirahmadov chap oyoqda chiroyli zarba yo'llagan holda hisobni qisqartirdi!

59. OKMKdan navbatdagi hujum, Ahmadalievning uzatmasi sherigiga etib bormadi.

55. Mehmonlar faollashdi, ammo hujumlarni yakunlashda hamon epchillik etishmayapti.

50. Mezbonlar burchak to'pi natijasida to'rtinchi golni urishiga bir bahya qoldi. Rahimov chapdastlik bilan to'pni egallab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45. Birinchi bo'lim yakunlandi.

42. GOL! Muhammad Qosim uzoq masofadan aniq zarba yo'llab, hisobni yirik ko'rinishga keltirdi. SHuni qo'shimcha qilish kerakki, iroqliklar bugun asosiy tarkib bilan o'ynamayapti.

41. OKMK futbolchilari tomonidan tashkil etilgan hujum yakuniga etmay qoldi.

39. Maydon markazida Rahmonov tomoindan qo'pollik ishlatildi.

34. G'iyosov burchak zarbasi ishlab oldi, ammo hakam o'yindan tashqari holat qayd etilganini malum qildi.

31. Matrukga tibbiy yordam ko'rsatildi.

29. Mezbonlarning uzoq masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

25. Saadning zarbasidan so'ng hisob yirik ko'rinish olishi mumkin edi, yaxshiyamki, uning urinishi aniq chiqmadi.

24. Siavash hujumda qoidabuzarlik sodir etdi.

15. GOL! Atchu navbatdagi hujumda uzoq masofadan OKMK darvozabonini ojiz qoldirdi. Biz esa takroriy vaziyat namoyish etilyapti, deb o'ylabmiz.

14. GOL! Saad Abdul Amir qarshi hujum natijasida kuchli zarba bilan OKMK darvozasini ishg'ol qildi.

15. OKMKniing kombinaciyasi natijasida Haqnazariy chap oyoqda zarba yo'lladi, biroq zarba kuchi yuqori bo'lmadi. 

13. ZARBA! Mirahmadov qarshi hujum natijasida yaqin masofadan kuchli zarba yo'llay olmadi.

12. Xavfli vaziyat! Mezbonlarning o'ng qanotdan uzatgan to'piga oyoq qo'yadigan futbolchi topilmadi.

10. ZARBA! SHarif Abdul Kadimning chap qanotdan yo'llagan zarbasini Rahimov qiyinchilik bilan qaytardi.

7. Mezbonlarda xavfli vaziyat yuzaga keldi, biroq so'nggi zarbani yo'llay olmadi.

5. Maydon markazida OKMK futbolchisi raqibiga nisbatan qoidabuzarlik sodir etdi.

1. Uchrashuv boshlandi. "Eyr Fors" ko'k, OKMK oq-kulrang liboslarda harakat qiladi.

Reyting: -50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика