"Eyr Fors" klubi o'z o'yinchilari tomoshabinlar hujumiga uchragach, Iroq chempionatini tark etmoqchi
02 apr 2024 23:50
Yangiliklar
"Eyr Fors" klubi o'z o'yinchilari tomoshabinlar hujumiga uchragach, Iroq chempionatini tark etmoqchi
Iroqning etakchi klubi "Eyr Fors" futbolchilari "Daxuk"ga qarshi bahsda tomoshabinlar hujumiga uchradi.
Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga qo'shib berilgan daqiqalarda ayrim muxlislar yashil maydonga bostirib kirishib, futbolchilar bilan janjallashib ketishdi. Vaziyatga xavfsizlik xodimlari aralashdi.
Bellashuvdan so'ng klub rahbariyati bundan ochiqchasiga noroziligini bildirib, chempionatni tark etish bilan tahdid qildi.
Eslatib o'tamiz, "Eyr Fors" joriy mavsum Osiyo CHempionlar ligasida O'zbekistonning OKMK klubi bilan bir guruhdan joy olgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar