"Eybar"ga qarshi bahsning birinchi bo'limidan keyin "Barselona" azosi shifoxonaga olib ketilgan
20 may 2019 00:15
Yangiliklar
"Eybar"ga qarshi bahsning birinchi bo'limidan keyin "Barselona" azosi shifoxonaga olib ketilgan
Barselona himoyachisi Nelson Semedu LaLiganing 38-tur Eybar qarshi bahsda jarohat olgani sabab, birinchi bo'limdan keyin shifoxonaga olib ketilgan.
U mazkur jarohatini raqib azosi Serxi Enrich bilan xavodagi kurashda orttirib olgan. Tibbiy tekshiruvlarga ko'ra, Semeduning bosh chayqalgani malum bo'ldi. 25 yoshli futbolchi dushanba kuni kataloniyaliklar bazasiga qaytadi. Uning 25-may kuni «Valensiya»ga qarshi Ispaniya Kubogi finalida qatnashishi esa so'roq ostida bo'lib turibdi.
Fikrlar