Evropaning uchta top-termasi JCH-2022 oldidan muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ular aniq favorit deb atalishga arziydimi?
01 okt 2022 12:59
Yangiliklar
Evropaning uchta top-termasi JCH-2022 oldidan muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ular aniq favorit deb atalishga arziydimi?
Millatlar ligasi bir nechta kutilmagan natijalar bilan yakunlandi. Masalan, guruh favoriti Franciya bo'lgan bo'lsa ham, pley-offga Xorvatiya chiqdi. Ularning yonida so'nggi turda Krishtianu Ronalduning jahlini chiqargan Ispaniya bor. O'yin yakunlangandan so'ng kep sardorlik bog'ichini erga uloqtirdi. Germaniya va Angliya birinchi o'rin uchun kurashish o'rniga, so'nggi turda ahamiyati bo'lmagan o'yinda bir-birlariga gollar urib tashlashdi. Yakunda, angliyaliklar sharmandalarcha B Ligaga tushib ketishdi. Va nihoyat, Belgiya Niderlandiyadan juda katta farq bilan ortda qoldi: olti ochkoga — oltita o'yin uchun juda katta.
Ammo, har bir jabhada muvaffaqiyatsizlikka uchragan uchta Evropa top-termasi bor. Garchi, bu musobaqa o'rtoqlik maqomida qabul qilinsa ham. Bu Angliya, Germaniya va Franciya. Endi ularning har biri bilan batafsilroq gaplashamiz.
Angliya: Sautgeyt ko'plab tajribalarni o'tkazib ko'rdi. Ammo, ular muxlislarni g'azablantirmoqda
Oltita o'yin, uchta durang, uchta mag'lubiyat, to'rtta urilgan gol — bunaqasi oqlash mumkin emas. Ayniqsa, 5-turdan so'ng inglizlarda atigi bitta gol bo'lganini hisobga olsak. Garet Sautgeyt shafqatsiz ingliz ommaviy axborot vositalari tomonidan hujumga uchradi va ular mutaxassisdan tushuntirish talab qilishdi. Ammo, murabbiy doimiy bahonalarni gapirdi, bu esa auditoriyani yanada g'azablantirdi. Ko'plab ekspertlar fikriga ko'ra, murabbiy boshqacha qarorlar qabul qiladigan bo'lib qolgan. Masalan, JCH-2022 oldidagi so'nggi ikkita o'yinda Trentni asosiy tarkibga qo'ymagan. "Liverpul" himoyachisi poziciyasida dunyodagi eng yaxshilardan biri, ammo murabbiy bunday hisoblamayotgan ko'rinadi. Angliyada uni umuman Jahon chempionatiga borishiga ham shubha qilishmoqda. Ammo, keyinroq Sautgeytdan "signal" keldi — u Italiyaga qarshi o'yinda Trentga juda ham mos tushadigan sxema ishlatdi. SHunday ekan, tashvishlanishga hali erta.
Amaldagi Evropa chempionlaridan o'tkazib yuborilgan goldan so'ng, Xarri Maguayr muxlislarning g'azabini keltirdi. U kamida 2ta golni "olib keldi". Ammo, Sautgeyt tanqid o'rniga Maguayrning muhim futbolchi ekanligi va barcha uniing o'ynashini xohlashini aytdi. Muxlislarning reakciyasini tushundingizmi?
Umuman, Millatlar ligasi angliyaliklar bosh murabbiyi uchun tajriba o'tkazadigan joyga aylandi — u bir necha sxemalarni o'zgartirdi, ammo katta ehtimol bilan baribir asosiysini topa olmadi. U hujum va mudofaadagi o'yinni o'zgartirdi, ammo u bilan ham muammolar ko'p. Ammo, biz endi yakunni faqatgina Qatarda ko'ramiz. Mahalliy federaciya murabbiyni musobaqa so'nggiga qadar o'zgartirmasligi malum bo'ldi. Muvaffaqiyatsiz bo'lsa, Evro-2024 uchun bir necha davogarlar bor. Masalan, Brendan Rojers va Maurisio Pochettino.
Germaniya: natija uchun gol urishdi, ammo Flik muhim muammoni hal qildi
Xans-Diter Flik jamoasi — ushbu musobaqadagi eng g'alati jamoa. Ularning natijalariga qarang: dastlabki uchta o'yin 1:1 hisobida yakunlangan. Germaniyada hatto bunday futbolda qancha odam uxlab qolishini sanashni taklif etib hazil ham qilishdi. Terma jamoasiga yozdayoq to'purar forvard etishmayotgandi. Kuzga kelib ham vaziyat o'zgarib ketmadi.
Ammo, to'rtinchi o'yin Italiya bilan — 5:2! Keyingi malum shokka tushirib qo'yishi mumkin. Bunga ishonish qiyin-u, ammo o'shanda Verner ham dubl qayd etdi. Nemislar pley-off haqida orzu qilayotgan bir paytda, Vengriya ularga "tarsaki" berdi. Hatto ularning so'nggi turda Italiyani o'tkazib yuborib, "to'rtlik finali"ga chiqa olmagani ham achinarli.
Ammo, natijalar — unchalik muhim emas. Flik uchun JCH-2022 oldidan bosh muammo — ajoyib markaziy hujumchi yo'qligi. Ammo, murabbiy bu masalani ushbu ampluadan voz kechish bilan hal qilgan ko'rinadi. Oldinga Xavercni qo'ydi. Bu tajriba Angliya bilan o'yinda yomon ko'rinmadi.
Franciya: Desham xotirjamlikka chaqirdi va Mbappeni qo'llab-quvvatlashni so'radi
Franciya B Ligaga tushib ketishga juda yaqin edi. Pastki ligaga Angliya bilan birga tushgan bo'lardi. Ammo, Dide Desham jamoasini Xorvatiya qutqarib qoldi. Daniyaliklar francuzlarga ikkita gol urgan payti, barchasi guruhning bo'lajak g'oliblariga bog'liq edi. Ammo, ular Avstriyani mag'lub etgan holda, darajalarini saqlab qolishdi. SHunday ekan, Franciya olti turdan so'ng besh ochko bilan uchinchi o'rinda qoldi. Faqatgina Avstriyani yutishning ustidan chiqildi. O'shanda ham bitta o'yinda.
Annaviy bosh antiqahramon — Kilian Mbappe. Franciyalik futbolchi jamoada yomon muhitni keltirib chiqarish va haddan tashqari o'zini o'ylashda ayblanmoqda. U Daniyaga qarshi o'yinda yomon o'ynadi. Ammo, Desham agressiv jurnalistlarni xotirjamlikka chaqirdi va barchasini tushuntirdi: uning fikriga ko'ra, Millatlar ligasi natija muhim bo'lmagan musobaqa. Mbappe esa juda ham charchadi — doimo ikki kundan so'ng yana o'ynash og'ir. SHu sabab murabbiy o'yinchi uchun hatto PSJdan ham pauza so'radi.
Bularning barchasi ro'y berayotgan bir paytda, francuz OAV jamoaning ichidagi mojarolarni izlamoqda: go'yoki Mbappe Evro-2020dagi muvaffaqiyatsizlik uchun jamoaning yarmi bilan janjallashmoqda.
Alisher Ostonov tarjimasi
Fikrlar