Evropaning olti mamlakatida Kubok egalari nomi aniq bo'ldi
21 may 2015 12:13
Yangiliklar


Evropaning olti mamlakatida Kubok egalari nomi aniq bo'ldi
20 may kuni Evropada bir necha mamlakat Kubogi final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
APOEL AELni mag'lub etib (4:2) Kipr Kubogi sohibiga aylandi. Tel-Avivning "Makkabi" klubi Isroili Kubogi finalida Baer-SHevining "Xapoeli"ni mag'lub etdi (6:2). Vengriya Kubogining hal qiluvchi bahsida "Ferencvarosh" "Videton"ni yirik hisobda taslim (4:0) etdi. Xorvatiyada Zagrebning "Dinamo" klubi "Split"ga qarshi o'yinda penaltilar seriyasida g'alaba qozondi. Makedoniyada "Rabotnichki" "Teteks"ni 2:1 hisobida mag'lub etib, Kubokka ega chiqdi. "Kopera" "Publikum"ga ikkita javobsiz gol urib Sloveniya Kubogini qo'lga kiritdi.
Oldinroq "Yuventus" (Italiya), "CHukariki" (Serbiya) va "Eglava" (Latviya) o'z mamlakatida Kubok sohibiga aylangan edi.

Fikrlar