So’nggi yangiliklar

15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  0 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  1 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  0 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  3 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  3 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  10

Evropada ham bizning uslubga murojaat etishmoqda… La liganing 2-tur sharhi Yangiliklar

Evropada ham bizning uslubga murojaat etishmoqda… La liganing 2-tur sharhi

Ispaniya chempionati bu gal har galgidan ko'ra qiziqroq start oldi.

Birinchi turda «Barselona» mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, ikkinchi turda Madridning «Real»i ham ochko yo'qotishga majbur bo'ldi. Hozir mazkur uchrashuvlar orasidan eng qiziqarlilari haqida qisqacha fikr yuritamiz.

«Sevilya» va «Atletiko» turnir peshqadamiga aylanib olishdi. Bir paytlar hozirgi Ispaniya hududlari Arab xalifaligi tarkibiga kirgani haqida xabaringiz bor. O'sha davrlarda Ishbiliya va G'arnota shaharlari ispan madaniyatining eng oldi shaharlari hisoblanishgan. Asrlar davomida bu nomlar etimologik jihatdan o'zgarishga uchrab, bugungi ispan tili mezonlariga ko'ra «Granada» va «Sevilya» shaklida talaffuz qilinadi. Ammo, mazkur provinciyada hali-hamon arablarning ko'plab topilishi bilan Baskoniya, Kataloniya yoki Madriddan farq qiladi. 2-turda mazkur ikki shaharning bosh jamoalari to'qnashuviga guvoh bo'ldik. Uchrashuv deyarli teng kurashlar ostida o'tdi. Hatto, «Granada» futbolchilari darvoza tomon ko'proq zarbalar ham berishdi. Ammo, bir xunuk holat: «darvoza tomon» o'rin holi nega ajratib yozildi? CHunki, uchrashuv mobaynida «Granada» futbolchilari aynan darvoza tomonga 12 bor zarba yo'llashdi. Eng qizig'i, bu zarbalarning hammasi yo darvozaning yonidan, yoki yuqorisidan o'tib ketdi. Tarkibida Roberto Soldadodek «bozor ko'rgan» hujumchisi bor jamoaning bunaqa noaniqlik ko'rsatishi biroz kulguni qo'zg'aydigan holat. «Granada» bosh murabbiyi Diego Martinez mashg'ulotlarda shogirdlariga ulkan darvozani to'g'ri nishonga olishni o'rgatmasa, raqib darvozabonlari zerikib qolishlari mumkin. Biz bu holatga nega urg'u berdik? Mazkur bahsdan keyin APL doirasida «Everton» «Aston Villa»ga mag'lub bo'lgan uchrashuvda ham shunga o'xshash holat yuzaga keldi. SHuning uchun, «Granada»da asosan arablar yashashi haqida ham gapirdik. Ular Osiyo futbolidan andoza olishmoqda. Yana kimdan deng, bizning futboldan. Kulyapsizmi? Yo'q, shoshilmang. Axir, bir necha yil oldin Osiyoda yangicha futbol uslubini yaratish ilinjida yurtimizning «eng kuchli» yigitlari bilan Eron milliy terma jamoasi darvozasiga birorta ham aniq zarba yo'llamaganimiz (yo'llay olmagan emas, uslub talablaridan kelib chiqib yo'llamagan deylik) uchrashuvlarni esladingizmi. Ular aynan o'sha uslubning mohiyatini anglab etib, buni Evropaga tadbiq etmoqdalar…

(Tarixga etibor berilmasligi mumkin, ammo bu tarix barchaning yodidan chiqqanini anglatmaydi. Yani, biz ispan tarixidagi Arab xalifaligining mustamlakachilik davri tarixini nazarda tutyapmiz... )



Yuqorida yomon damlarni eslatib yuborgan bo'lsak, uzr! Aytmoqchimizki, shunday holat APL-u La liga jamoalari bilan ham yuz berishi mumkin ekan. Buni shunchaki omadsizlikka yo'yib qo'ya qolaylik. Qo'limizdan ortiq nima ham kelardi…

Xullas, bizning uslubga murojaat etgan (shu jumlalarni faxr va iftixor bilan aytamiz, kim biladi yana qachon bunday deyish nasib etarkin) «Granada» yakunda bu noto'g'ri qaror bo'lganini tushundi va minimal hisobda imkoniyatni boy berdi. «Sevilya» esa bu g'alabadan keyin turnir jadvalida «Atletiko» bilan birgalikda karvonboshilikni qo'lga oldi. O'tgan mavsumda ham mazkur klub startni yaxshi olgan, ammo ikkinchi davrada muvozanatni yo'qotgandi. Bu gal ko'ramiz, La ligada doimiy etakchilik qiladigan trioni kvartetga aylantira olarmikan?


Madridning «Atletiko»si esa «Leganes» maydonida mehmon bo'lib, Vitolining goli evaziga g'alaba qozondi. Mazkur bahs ko'rsatdiki, «matraschilar» jamoasida har qanday yulduzdan ko'ra murabbiyning imzosi ustunroq turadi. Yangilangan «Atletiko» ham oldingisidek minimal hisobda g'alaba qozonmoqda. Etiborlisi, jamoani etakchilar tark etishi klubga zarracha tasir ko'rsatmagan. Godin-u, Xuanfranlarsiz mudofaa chizig'i ham quruq o'yin o'tkazish mumkin ekan.

Leganes

LaLiga . 2-tur

25/08/2019, 22:00

1
:
0
Tugadi

Atletico Madrid

Vitolo - 71'

Stadion: Estadio Butarque, 11742 tomoshabin

Bosh hakam: Ricardo De Burgos

45'
90'
23'  Javier Eraso
28'  Rodrigo Tarin (Unai Bustinza)
34'  Roberto Rosales
73'  Jonathan Cristian Silva
77'  Kenneth Omeruo (Jose Arnaiz)
78'  Javier Eraso (Javier Aviles)
90'  Youssef En-Nesyri
52'  Mario Hermoso
60'  Mario Hermoso (Vitolo)
62'  Thomas Partey
70'  Thomas Partey (Marcos Llorente)
71'  Vitolo
71'  Joao Felix
80'  Marcos Llorente
86'  Vitolo
89'  Thomas Lemar (Felipe)
90'  Koke


«Real» «Barselona»dan uzoqlashishni xohlamaydi, shekilli. Mamlakat ichidagi etakchilik «Barselona»ning joniga tekkan chog'i, jamoa birinchi turdan keyin boshqa raqobatchilariga ajoyib imkon taqdim etgandi. CHempionatni «Barselona»dan 3 ochkolik farq bilan oldinda boshlash mavsum o'rtasiga borib asqotib qolishi mumkin, albatta. Bundan «Sevilya» va «Atletiko» to'g'ri foydalanmoqda. Endi ular «Barselona»dan 3 ochko, qo'shimchasiga «Real»danam 2 ochkoga o'zib ketishdi. CHunki, Zidan shogirdlari «Santyago Barnabeu»da «Valyadolid» darvozasiga 22 ta zarba berib ham g'alabaga erishishni uddalay olishmadi. Bu ketishda «Qirollik klubi» yana bir muvaffaqiyatsiz mavsum o'tkazishi mumkin. Real etakchisi bo'lish uchun jamoaga tashrif buyurgan Eden Azar maydonga qaytgach, jamoa o'yinini kuzatib bu boradagi so'ngi xulosalarni berishimiz mumkin. Malumotlarga qaraganda, Eden keyingi turda maydonga tushish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Real Madrid

Karim Benzema - 82'

LaLiga . 2-tur

24/08/2019, 22:00

1
:
1
Tugadi

Real Valladolid

Sergi Guardiola - 89'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 62444 tomoshabin

Bosh hakam: Pablo Gonzalez

45'
90'
57'  James Rodriguez (Vinicius Junior)
68'  Isco (Luka Jovic)
73'  Toni Kroos
82'  Karim Benzema
82'  Raphael Varane
90'  Karim Benzema (Lucas Vazquez)
90'  Casemiro
33'  Federico San Emeterio
59'  Javi Moyano (Waldo Rubio)
80'  Pedro Porro (Antonito)
84'  Federico San Emeterio (Anuar)
89'  Sergi Guardiola
89'  Oscar Plano
90'  Waldo Rubio



«Valensiya»dan yana yomon start. «Ko'rshapalaklar»ning ishlari bu mavsum ham yurishmayapti. Jamoa Vigoning «Selta» klubiga minimal hisobda mag'lub bo'ldi. Ortda qolgan ikki turdan keyin «Valensiya» 1 ochko to'plagani holda autsayderlar zonasidan o'ziga issiqqina joy tayyorlatib oldi. Jamoaning yurtimizdagi kam sonli muxlislariga sabr, jamoaga esa omad tilashdan boshqa chora topolmadik.

Celta Vigo

Gabriel Fernandez - 15'

LaLiga . 2-tur

25/08/2019, 00:00

0
:
1
Tugadi

Valencia

Stadion: Abanca Balaidos, 20065 tomoshabin

Bosh hakam: Alejandro Hernandez

45'
90'
15'  Gabriel Fernandez
15'  Denis Suarez
48'  Lucas Olaza
74'  Gabriel Fernandez (Santi Mina)
78'  Brais Mendez (Pape Cheikh)
90'  Iago Aspas (Hugo Mallo)
90'  Denis Suarez
61'  Maximiliano Gomez (Rodrigo)
61'  Gabriel Paulista (Mouctar Diakhaby)
62'  Jose Gaya
67'  Cristiano Piccini (Ferran Torres)
90'  Daniel Parejo



Ernesto Valverde «yomon Barsa»ni o'chirib, «yaxshi Barsa» mexanizmini ishga tushirdi. Birinchi turdagi mag'lubiyati katta muhokamalarga sabab bo'lgan «Barselona» «Betis»ga qarshi uchrashuv boshida ham o'z muxlislarini xavotirga solib qo'ydi. Boisi, Nabil Fekir 15-daqiqada o'z jamoasini hisobda oldinga olib chiqishni uddaladi. Ammo, keyinchalik Antuan Grizmann Kataloniyaga ko'rgazmali chiqishlar uchun olib kelinmaganini anglab etdi. Dastlab, tanaffusga qadar hisobni tenglashtirgan francuz ikkinchi taym avvalida «ko'k-anor ranglilar»ni hisobda oldinga ham olib chiqdi. Qolgani «Barselona» uchun muvaffaqiyatli davom etdi. Uchrashuvda Grizmann tomonidan kiritilgan dastlabki ikki golga Serxi Roberto tomonidan samarali uzatma amalga oshirilganini inobatga olsak, Roberto mavsum davomida o'zini qayta kashf etishi mumkin. Zero, unda «La masiya»ning barcha bitiruvchilari singari o'yinni o'qiy olish, maydonni ko'ra bilish va super aniqlikdagi to'p uzatishlari bor. Balki, futbolchi Xavi yoki Inesta darajasiga chiqa olmas, ammo yangi «Roberto» darajasiga asos solishi mumkin. O'yinga qaytadigan bo'lsak, alaloqibat, «Barselona» 5:2 hisobidagi g'alabaga erishib, mavsumdagi dastlabki ochkolarni ishlab oldi.

Barcelona

Antoine Griezmann - 41', Antoine Griezmann - 50', Carles Perez - 56', Jordi Alba - 60', Arturo Vidal - 77'

LaLiga . 2-tur

26/08/2019, 00:00

2
:
5
Tugadi

Real Betis

Nabil Fekir - 15', Loren Moron - 79'

Stadion: Camp Nou, 79160 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Luis Gonzalez

45'
90'
32'  Gerard Pique
41'  Antoine Griezmann
41'  Sergi Roberto
50'  Antoine Griezmann
50'  Sergi Roberto
56'  Carles Perez
56'  Nelson Semedo
60'  Jordi Alba
60'  Sergio Busquets
74'  Sergio Busquets (Arturo Vidal)
77'  Arturo Vidal
77'  Antoine Griezmann
78'  Carles Perez (Ansu Fati)
81'  Rafinha (Junior Firpo)
15'  Nabil Fekir
15'  Loren Moron
61'  Cristian Tello (Joaquin)
62'  Andres Guardado (Wilfrid Kaptoum)
75'  Sergio Canales (Diego Lainez)
79'  Loren Moron
90'  William Carvalho


Bundan tashqari, «Levante» o'z maydonida «Vilyarreal»ni mag'lub etdi (2:1). Birinchi turda amaldagi chempionni mag'lub etgan bilbaoliklar «Xetafe» maydonidan durang bilan ortga qaytishdi (1:1). «Osasuna» «Eybar» bilan «Alaves» esa «Espanol» bilan nursiz durang qayd etishdi.

SHuningdek, «Malorka» «Real Sosedad» bahsida bir paytlar «Real»ning kelajagi deya taxmin qilingan Martin Edegorning yagona goli o'yin taqdirini hal qildi.



Quyida to'purarlar ro'yxati bilan tanishing:
Karim Benzema (Real Madrid) - 2
L.Moron (Real Betis) - 2
S.Gvardiola (Real Valyadolid) - 2
A.Grizmann (Barselona) - 2
R.Marti (Levante) - 2
J.Moreno (Vilyarreal) - 2.

Hozircha hammualliflar ro'yxatini «Atletik» himoyachisi Ander Kapa va Serxi Robertolar 2 tadan samarali uzatma bilan boshqarib turibdilar.

Tobora qiziqarli tus olayotgan La liga bahslari, ularning atrofidagi va ichidagi etiborga molik voqealar va ularning sharhini bizning saytda kuzatib boring. championat.asia sizni faqat sifatli materiallar bilan taminlaydi.


Faxriddin Ro'ziev

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика