So’nggi yangiliklar

20:15"Халқим учун "Олтин тўп"ни қўлга киритишни истардим" — Муҳаммад Салоҳ  0 19:48Эшитдик-да! Эртага Шацких "Андижон" бош мураббийи этиб тайинланади  12 19:31Ханси Флик Пеп Гвардиоланинг ютуғини такрорлади  2 19:05Карло Анчелотти тез орада Бразилия терма жамоаси бош мураббийи сифатида иш бошлайди  7 18:48Футзал. "Оил Стар" Ўзбекистон Кубоги ярим финалининг илк баҳсида ЎзСҚБни йирик ҳисобда енгди  1 18:15"Лидс" трансферлар учун 100 млн фунт сарфлайди  4 17:47Де Брюйне "Наполи"га ўтишга рози  3 17:242 та дубль қайд этилган "Машъал" – "Қизилқум" тўқнашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 16:57U-14 Ривожланиш Кубоги. Голларга бой ўйинда Ўзбекистон Латвиядан устун келди  2 16:41Чемпион билан дуранг ўйнаган мураббий, суперсэйв амалга оширган посбон, иккита гол урган футболчи — Суперлигада 9-турнинг энг яхшилари  3 16:31Футзал. БМБ Ўзбекистон Кубоги ярим финалининг илк учрашувида ОКМКни мағлуб этди  1 16:03Бозоров, Қобилов, Сайфиев, Ўринбоев ва бошқалар ... Суперлига 9-тур рамзий терма жамоаси   0 15:46"Майдонга қайтганимдан хурсандман" — Аканжи  7 15:18Тонали Манчестер клублари шорт-листига кирди  0 14:50Ёзда Мираброр Усмонов хотирасига бағишлаб халқаро мусобақа бўлиб ўтади  6

Evropacha futbol kechasi (prevyu) Yangiliklar

Evropacha futbol kechasi (prevyu)

Evropa chempionlar ligasi chorak finalining dastlabki kuni bo'ladigan ikki bellashuvi haqida.

Bugundan etiboran kichik tanaffus olgan Evropa chempionlar ligasi o'zining eng "qaynoq" nuqtasidan yana davom ettiriladi. CHorak final doirasidagi dastlabki ikki Angliyada bo'ladigan kun. "Liverpul" "Portu"ni qabul qilsa, "Tottenxem" "Manchester Siti" bilan bellashadi.


Liverpool

Naby Keita - 5', Roberto Firmino - 26'

Champions League Final Stage . 1/4-tur

10/04/2019, 01:00

0
:
2
Tugadi

FC Porto

Stadion: Anfield, 52465 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Mateu

45'
90'
5'  Naby Keita
5'  Roberto Firmino
26'  Roberto Firmino
26'  Trent Alexander-Arnold
73'  Sadio Mane (Divock Origi)
82'  Roberto Firmino (Daniel Sturridge)
17'  Tiquinho Soares
61'  Felipe
62'  Tiquinho Soares (Yacine Brahimi)
73'  Oliver Torres (Bruno Costa)
77'  Maximiliano Pereira (Fernando Santos)

"Liverpul" (taxminiy tarkiblar): Alisson; Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk; Milner, Fabino, Xenderson, Keyta; Salax, Firmino, Mane

O'ynamaydi: Gomes (noga), Oksleyd-CHemberlen (myshechnaya travma), Robertson (diskvalifikaciya)

So'roq ostida: Lallana (jarohat), Matip (jarohat), van Deyk (jarohat), Veynaldum (jarohat)


"Portu" (taxminiy tarkiblar): Kasilyas; Maksi Pereyra, Felipe, Militao, Aleks Telles; Danilu, Otavio, Korona; Braximi, Marega, Soares

O'ynamaydi: Errera (diskvalifikaciya), Pepe (diskvalifikaciya)

So'roq ostida: Aleks Telles (jarohat)

Diskvalifikaciya xavfidagi futbolchilar: Danilu, Militao, Otavio


Yurgen Klopp ("Liverpul" bosh murabbiyi): "Evrokuboklarda biz uchun yomondan ko'ra yaxshi voqealar ko'proq bo'lmoqda. O'tgan vaqt oralig'ida esa etarlicha tajriba to'plandi. "Bavariya"ga qarshi dastlabki o'yinimizdan keyin nursiz durang kamlik qilishini takidlashgandi. Javob bahsida bizda imkoniyatlar bo'lishini taxmin qilgandim. Yakunda o'sha imkoniyatdan foydalandik. "Portu"ga qarshi bahsda ham shunday yondoshuv va raqibga hurmat bilan qarashimiz lozim bo'ladi. Ayni paytda biz juda zo'r holatdamiz. SHu boisdan ham joriy mavsumdagi tariximizda yangi sahifalar ochishni istaymiz".


Serjiu Konseysau ("Portu" bosh murabbiyi): "Liverpul" har hafta yuqori darajada o'ynaydi. Men har bir jamoaga hurmat bilan qarayman. Lekin biz chempionatda doim ham yuqori darajadagi bahslarda ishtirok etmaymiz. Tarkibdagi yo'qotishlarimiz, hali bu birinchi o'yinligini inobatga olgan holda mazkur o'yinga kerakli strategiya tayyorlashimiz lozim bo'ladi".


Bu to'qnashuvda yaqqol favorit va autsayderni aniqlab olish mushkul vazifa emas. "Liverpul" o'tgan yilgiga nisbatan kuchayganini hisobga olsak, "Portu"ga yanada qiyin bo'ladi. Biroq bu Evropa chempionlar ligasiligi va bu erda har qanday natija qayd etilishi mumkinligi "Portu"ni oldindan hisobdan chiqarmaslikka chaqiradi.


Tottenham Hotspur

Heung-Min Son - 78'

Champions League Final Stage . 1/4-tur

10/04/2019, 01:00

0
:
1
Tugadi

Manchester City

Stadion: Tottenham Hotspur Stadium, 60044 tomoshabin

Bosh hakam: Bjorn Kuipers

45'
90'
12'  Danny Rose
58'  Harry Kane (Lucas Moura)
78'  Heung-Min Son
78'  Christian Eriksen
81'  Harry Winks (Victor Wanyama)
87'  Dele Alli (Fernando Llorente)
13'  Sergio Aguero
28'  Aymeric Laporte
59'  Riyad Mahrez
71'  Sergio Aguero (Gabriel Jesus)
89'  Riyad Mahrez (Leroy Sane)
89'  David Silva (Kevin De Bruyne)

"Tottenxem" (taxminiy tarkiblar): Loris; Tripper, Alderveyreld, Vertongen, Rouz; Sissoko, Alli; Eriksen, Son, Uinks; Keyn

O'ynamaydi: Dayer (jarohat), Lamela (jarohat)

So'roq ostida: Ore (zadnyaya myshca bedra), Lorente (sotryasenie mozga)

Diskvalifikaciya xavfida: Alderveyreld, Lamela, Son

"Manchester Siti" (taxminiy tarkiblar): Ederson; Danilo, Stounz, Kompani, Lyaport; de Breyne, Fernandino, Silva; Bernardu Silva, Jezus, Sterling

O'ynamaydi: Bravo (jarohat), Zinchenko (jarohat)

So'roq ostida: Aguero (jarohat), Delf (nomalum), Uoker (jarohat)

Diskvalifikaciya xavfida: Aguero, Otamendi


Mauricio Pochettino ("Tottenxem" bosh murabbiyi): "Biz Gvardiola bilan Ispaniyada ham duch kelganmiz va ko'plab o'yinlarda ishtirok etganmiz. Uning "Barselona"siga qarshi o'ynash doim qiyin bo'lgan. "Siti" bilan o'yinda agressiv o'ynashga harakat qilamiz. Maqsad - g'alaba. Bu nazorat yoki o'rtoqlik maqomidagi bahs emas, ECHL chorak finali. Top jamoalar va yuqori darajadagi futbolchilar aynan shunday o'yinlarni sevishadi. Biz mazkur raqib qarshiligini engishimiz lozim. Qo'rqishga hojat yo'q. Bu 11ga 11 o'yin bo'ladi va bunda biz g'alaba qozonamiz, degan umiddaman".


Xosep Gvardiola ("Manchester Siti" bosh murabbiyi): "Bizga qarshi qaysi raqib o'ynashini to'g'ri anglagan holda mazkur o'yinga jiddiy yondoshamiz. Ko'p narsa ruhiy taraflama tayyorgarlikka ham bog'liq. "Tottenxem" doim agressiv futbol ko'rsatadi. Ayniqsa bizga qarshi o'yinlarda. Bu esa biz ulardanda keskin va agressiv futbol namoyish etishimiz zarurligiga ishora. Aks holda qiyin bo'ladi".


Ispaniyada boshlangan Pochettino & Gvardiola qarama-qarshiligi Angliyada "Tottenxem" - "Manchester Siti" to'qnashuvi orqali davom ettirildi. Endi esa ular ECHLda ham o'zaro ro'baru kelishmoqda. Mazkur jamoalar o'rtasidagi o'yin doim tomoshabop va qiziqarli o'tgan. Bu galgi bahs ham istisno bo'lmasligi haqiqatga yaqinroq. Ayni paytda "Tottenxem" premer ligada to'rttalikka kirish uchun kurashayotgan bo'lsa, "Siti" chempionlik yo'lida jiddiy "poyga"da ishtirok etmoqda. Jamoalarning hozirgi holatidan kelib chiqsak, "Siti" g'alabali odimni davom ettirmoqda. "Tottenxem" esa nisbatan bo'shashgan. Lekin jamoa o'tgan hafta yangi stadionidagi ilk uchrashuvda muvaffaqiyat qozongani va bugun ECHLda yangi o'yingohda o'ynashi etibori bilan, muxlislarga bayramona kayfiyat ulashishga yanada jiddiyroq qaraydi. Dastlabki bellashuv Londonda o'tayotganini inobatga olsak, mazkur bahsda Pochettino jamoasining imkoniyatlari yomon emas.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика