Yevropa. Tez orada yana bir chempionat qayta tiklanadi

6 may 2020, 22:29
Serbiya futbol federatsiyasi mamlakatda koronavirus pandemiyasi tufayli to'xtatib qo'yilgan 2019/20 yilgi futbol mavsumini qayta tiklashga qaror qildi.

Jamoalar 30 may kuni maydonga qaytadi. 2-davraning so'nggi 4 turi o'tkazilib, musobqaga yakun yaasaladi. Chempionlik va ligada qolish uchun pley-off  bahslari bekor qilindi. 

Musobaqaning yuqoridagi taqvim bo'yicha tugatish variantini liga klublarining 11tasi qo'llab-quvvatladi. Shuningdek, "Partizan" va "Crvena Zvezda" klublari chempionatni to'liq yakunlashni istagan. Ma'lumot uchun, Serbiya chempionatining yuqori divizionida 16 jamoa ishtirok etadi.

Chorak final bosqichida to'xtab qolgan Serbiya kubogi ham nihoyasiga etkaziladi, faqat keyingi bosqich bellashuvlari bir o'yindan iborat bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sport24