Evropa Ligasining hafta jamoasi taqdim etildi
07 may 2021 16:28
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/635617_original.jpg)
![](/upload/storage/635617_220.jpg)
Evropa Ligasining hafta jamoasi taqdim etildi
UEFA matbuot xizmati Evropa Ligasi yarim final javob o'yinlari uchun ramziy jamoani taqdim etdi.
Eslatib o'tamiz, Londonning "Arsenal" klubi o'z uyida Ispaniyaning "Vilyarreal" (0:0) jamoasini taslim eta olmadi, "Manchester Yunayted" esa "Roma" (2:3)ga mag'lub bo'ldi.
Ramziy jamoa: David de Xea - Kiran Tirni, Pablo Mari, Raul Albiol, Rik Karsdorp - Pedro Rodriges, Lorenco Pellegrini, Brayan Kristante, Bukayo Saka - Edin Djeko, Edinson Kavani.
Eng qizig'i ramziy jamoaga muvaffaqiyatsiz natija qayd etgan "Arsenal"ning uch o'yinchisi kiritildi.
Evropa Ligasi finali "Vilyarreal" va "Manchester Yunayted" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. O'yin 26 may kuni Polshadagi Gdansk shahrida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar