Evropa Ligasidagi g'alabadan keyin “Vilyarreal” azosi MYUni “troll” qildi
27 may 2021 20:35
Yangiliklar
Evropa Ligasidagi g'alabadan keyin “Vilyarreal” azosi MYUni “troll” qildi
Xabaringiz bor, kecha “Vilyarreal” penaltilar seriyasida “Manchester Yunayted”ni mag'lub etib, Evropa Ligasi bosh sovrini egasiga aylandi.
Bahsdan keyin himoyachi Alberto Moreno o'zining sobiq jamoasi “Liverpul” muxlislariga salom yo'llab, MYU ustidan kuldi.
“Liverpul” muxlislarining barchasiga salom! Hammani g'alaba bilan! “Manchester Yunayted”, yo'qol, yo'qol”, deya videomurojaat yo'llagan Moreno.
Eslatib o'tamiz, 28 yoshli futbolchi 2014-2019 yillar davomida mersisaydliklar sharafini himoya qilgan.
Alberto Moreno on Instagram last night. "For all the fans of Liverpool!" pic.twitter.com/IORb9tHh7g
— Anfield Watch (@AnfieldWatch) May 27, 2021
Fikrlar