Evropa Ligasida hafta o'yinchisi bo'lish uchun davogarlar malum qilindi
07 may 2021 12:13
Yangiliklar
Evropa Ligasida hafta o'yinchisi bo'lish uchun davogarlar malum qilindi
Kecha tunda Evropa Ligasi yarim final javob o'yinlari bo'lib o'tdi.
Londonning "Arsenal" klubi o'z uyida Ispaniyaning "Vilyarreal" (0:0) jamoasini taslim eta olmadi, "Manchester Yunayted" esa "Roma" (2:3)ga mag'lub bo'ldi.
UEFA esa hafta o'yinchisi bo'lish uchun davogar futbolchilar nomini elon qildi. Muxlislar Edinson Kavani, Brayan Kristante, Raul Albiol va Pablo Maridan birini eng yaxshi deb topishadi.
Evropa Ligasi finali "Vilyarreal" va "Manchester Yunayted" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. O'yin 26 may kuni Polshadagi Gdansk shahrida bo'lib o'tadi.
Fikrlar