So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Evropa ligasi tarixiga qisqacha nazar Yangiliklar

Evropa ligasi tarixiga qisqacha nazar

Teglar :  Evropa ligasi
Ertaga butun futbol jamoatchiligining diqqat-etibori Evropa ligasining final uchrashuviga qaratiladi.


Evropa ligasi nufuz jihatdan Evropadagi ikkinchi toifadagi musobaqa sanaladi. Ushbu turnir 1971 yildan buyon o'tkazilib kelinadi. Avvallari bu musobaqa UEFA Kubogi nomi ostida o'tardi. 2009 yildan boshlab esa UEFA Kubogi Evropa ligasi deb o'zgartirilgan.

Evropa ligasida eng ko'p g'olib chiqqan jamoa bu Ispaniyaning "Sevilya" jamoasi hisoblanadi.
Bu jamoa Evropa ligasi tarixida 5 bor chempionlikka erishgan.


Evropa ligasida g'olib chiqqan jamoalar:

"Sevilya" (Ispaniya) - 5
"Liverpul" (Angliya) - 3
"Yuventus" (Italiya) - 3
"Inter" (Italiya) - 3
"Borussiya M" (Germaniya) - 2
"Tottenxem" (Angliya) - 2
"Feyenoord" (Gollandiya) - 2
"Gyoteborg" (SHveciya) - 2
"Real" (Ispaniya) - 2
"Parma" (Italiya) - 2
"Portu" (Portugaliya) - 2
"Atletiko" (Ispaniya) - 2
"Anderlext" (Belgiya) - 1
PSV (Gollandiya) - 1
"Ayntraxt" - 1
"Ipsvich Taun" (Angliya) - 1
"Bayer" (Germaniya) - 1
"Napoli" (Italiya) - 1
"Ayaks" (Gollandiya) - 1
"Bavariya" (Germaniya) - 1
"SHalke" (Germaniya) - 1
"Galatasaray" (Turkiya) - 1
"Valensiya" (Ispaniya) - 1
CSKA (Rossiya) - 1
"Zenit" (Rossiya) - 1
"SHaxtyor" (Ukraina) - 1
"CHelsi" (Angliya) - 1

Qaysi mamlakat jamoalari Evropa ligasida g'olib chiqishgan?
Ispaniya - 10
Italiya - 9
Angliya - 7
Germaniya - 6
Gollandiya - 4
Portugaliya - 2
SHveciya - 2
Rossiya - 2
Belgiya - 1
Ukraina - 1
Turkiya - 1


* Eng qizig'i, Franciya jamoalari jami 4 marotaba finalga yo'l olishgan va barchasida mag'lubiyatga uchrashgan. Evropa ligasi Franciya jamoalari uchun omadsiz turnir sanaladi.

Evropa ligasi finaliga yo'llanma olgan jamoaga UEFA 3 500 000 evro miqdorda mukofot puli beradi.
CHempion jamoaga esa 6 500 000 evro mukofot puli beriladi.


Evropa ligasida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi - Juzeppe Bergomi. Italiyalik futbolchi Evropa ligasida jami 96 o'yinda maydonga tushgan va bu borada rekordchi hisoblanadi.


Evropa ligasi turixidagi eg yaxshi to'purar - Xenrik Larsson. SHveciyalik hujumchi hisobida 40 ta gol mavjud.


Ertaga SHveciyaning Stokgolm shahrida Evropa ligasining 46-g'olibi aniqlanadi.
Bosh sovrin kimga nasib etadi?
"Ayaks" yoki MYU?
Final prevyusi va o'yin atrofidagi boshqa yangiliklar bilan ertaga tanishtirib o'tamiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика