So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  3 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  7 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

Evropa ligasi. Reshfordning goli “Manchester Yunayted”ga "Selta" ustidan g'alaba keltirdi Yangiliklar

Evropa ligasi. Reshfordning goli “Manchester Yunayted”ga "Selta" ustidan g'alaba keltirdi

Evropa ligasi yarim finali doirasida "Selta" jamoasi "Manchester Yunayted"ni qabul qildi.

Ispaniyada o'tkazilgan dastlabki bahsda Markus Reshfordning jarimadan kiritgan yagona goli "Manchester Yunayted"ga minimal hisobdagi g'alabani keltirdi.


Evropa ligasi
1/2 final
"Balaydos" stadioni
Bosh hakam: Sergey Karasev

"Selta" (Ispaniya) – "Manchester Yunayted" (Angliya) 0:1
Gol:
M.Reshford 67

"Selta": Serxio Alvares, Gustavo Kabral, Kastro, Ugo Malo (Klaudio Bovyu 90+2), Fakundo Ronkalya, Daniel Vass (Xosabed 74), Nemanya Radoya, Pablo Ernandes, Pione Sisto, Yago Aspas, Yon Gvidetti.

"Manchester Yunayted": Serxio Romero, Antonio Valensiya, Erik Bayi, Matteo Darmian, Deyli Blind, Pol Pogba, Maruan Fellayni, Jessi Lingard, Ander Errera, Genrix Mxitaryan (Eshli Yang 78, Kris Smolling 89), Markus Reshford (Antoni Marsyal 80).

Ogohlantirishlar: U.Malo 66 - M.Fellayni 34, P.Pogba 86



20 - Zarbaaa, Markus Reshfordning aylanma zarbasini israniyaliklar darvozaboni Alvares qaytarib qoldi.

30 - Xavfli vaziyat, Lingard juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi, Jessi to'p ungacha o'tishini kutmagan edi.

35 - Zarbaaa, Alvaresdan o'yindagi ikkinchi ajoyib seyv. Mxitaryanning chap oyoqda bergan zarbasi samarasiz ketdi.

O'yindan oldin MYUning sobiq futbolchilari, bugungi kunda futbol eksperti sifatida faoliyat olib borayotgan Rio Ferdinand va Maykl Ouenlar, "qizil iblislar" tarkibida bir paytlar birga o'ynagan Ueyn Runi va Maykl Kerriklar bilan nimalarnidir muhokama qilishmoqda.

39 - Zarbaaa, Alvares bu safar Lingardning zarbasini qaytardi. Hozircha uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi - "Selta" darvozaboni.

Bugun "Balaydos" stadioni tribunalari mana shunday ko'rinish olgan.

Bu esa birinchi bo'lim qahramoni - Serxio Alvares.

50 - Pogba to'pni darvozabonning ustidan tushirib qo'ymoqchi bo'ldi, lekin zarba noaniq.

52 - Zarbaaa, Yago Aspasning bosh bilan bergan zarbasi biroz noaniq ketdi.

59 - Zarbaaa, bu safar Romerodan super seyv. Pione Sistoning zarbasidan keyin kichik rikoshet bilan darvozaga yo'l olayotgan to'pni argentinalik darvozabon urib yubordi.

67 - Goooooooooooollllllllll, gollllaaazooooooo. Markus Reshford jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda ijro etdi. Bu safar Alvares ham jamoasini goldan qutqarib qola olmadi.

73 - Aspas qulay vaziyatda to'pga noqulay zarba berdi.

75 - Lingardning juda kuchli zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

80 - Jarohatlar girdobiga tushib qolgan "Manchester Yunayted"da yana bir yo'qotish. Reshford kichik jaroat olib maydonni tark etdi.


89 - Biroz avval zaxiradan maydonga tushgan Eshli Yang jarohat olib maydonni tark etdi, uning zrniga Kris Smolling tushdi.

"Special one" etibor markazida


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика