Evropa ligasi. Petr CHex professional futbolchi sifatida so'nggi o'yinini o'tkazadi
29 may 2019 20:40
Yangiliklar


Evropa ligasi. Petr CHex professional futbolchi sifatida so'nggi o'yinini o'tkazadi
"Arsenal" darvozaboni Petr CHex bugun o'zining futbolchilik faoliyatidagi oxirgi o'yinini o'tkazadi.
Etiborlisi, chexiyalik posbonning so'nggi bahsi 11 yil faoliyat yuritgan "CHelsi"ga qarshi bo'ladi. 37 yoshli CHex ushbu o'yinda o'zining futbolchi sifatidagi so'nggi orzusi - Evropa ligasi g'olibi bo'lish, amalga oshishini xohlamoqda.
Qayd etish kerak, Petr CHex shu kunga qadar 850 bahsda qatnashgan ("CHelsi"da 494, "Arsenal"da 138ta o'yin ). U "Arsenal" jamoasini 2015 yildan beri himoya qilib kelmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar