Evropa Ligasi. “Olimpiakos”ga qarshi safardagi bahs oldidan “Arsenal”da yo'qotishlar bor
19 fev 2020 20:15
Yangiliklar
Evropa Ligasi. “Olimpiakos”ga qarshi safardagi bahs oldidan “Arsenal”da yo'qotishlar bor
Arsenal” yarim himoyachisi Lukas Torreyra shamollab qolgani bois jamoa bilan Afinaga uchmadi.
Torreyra Evropa Ligasi 1/16 finali doirasida “Olimpiakos”ga qarshi o'yin uchun chiqarilgan qaydnomadan joy olgan edi. Agar uning sog'lig'i ijobiy tomonga o'zgarsa, u bugun Greciyaga yo'l oladi, deya “to'pchilar” rasmiy sayti xabar beradi.
SHuningdek, bo'lajak bahsni Kalum CHembers, Sedrik Soaresh, Kiran Tirni jarohati bois o'tkazib yuboradi. So'nggi o'yinlarda o'zini ko'rsatayotgan Mesut O'zil esa shaxsiy sabablarga ko'ra “Olimpiakos”ga qarshi o'yinda qatnashmaydi.
Eslatib o'tamiz, “Olimpiakos” – “Arsenal” bellashuvi 20 fevral kuni, Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
Fikrlar