So’nggi yangiliklar

00:55Эмерик Лапорт шу ёзда унга "Реал" қизиққани ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  0 00:22"Реал" Киммихни "Барселона"дан илиб кетмоқчи?  0 23:45Миллатлар лигаси. Германия, Нидерландия ва Украина терма жамоалари иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:26"Ливерпуль" бир йилдан сўнг текинга "Байер"нинг асосий ўйинчиларидан бирини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 23:00Миллатлар лигаси. Англия Ирландиядан устун келди, Грузия, Молдова ва Арманистондан ишончли ғалаба  2 22:26FourFourTwo ўз талқинига кўра тарихдаги энг яхши итальян мураббийини эълон қилди  8 21:58Луис де ла Фуэнте "Барселона" футболчисининг жароҳатини маълум қилди  1 21:28Нима?! Серхио Рамос "Реал"га қайтиши мумкин  3 20:48Довбик жароҳат сабаб Украина терма жамоасидан Римга қайтди, "Рома" Шомуродовни кейинги ўйинга қўйиши мумкин  5 20:28Ўткир Юсупов қайтди, Ўзбекистон МТЖ машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  16 19:56Мадрид дербисидан аввал "Атлетико" "Реал"дан 2 кун кам дам олади. Бу Симеоне жамоасига ёқмаяпти  2 19:26Журналист: "Мураббий терма жамоани тарк этиши керак эди, унинг услублари эскирди"  9 18:44Трансфер мувозанати бўйича кўрсаткичларда АПЛ клуби 1,3 млрд евро зарарда экан  1 18:21Кроос Роналдунинг 900та голи ҳақида: "Машғулотларда урган голларимни қўшсам ҳам бунча бўлмайди"  3 17:39Футзал. Афғонистон терма жамоаси Тошкентда  6

Evropa ligasi. "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Roma"ni yanchib tashladi, Brunu va Kavanidan 2+2 Yangiliklar

Evropa ligasi. "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Roma"ni yanchib tashladi, Brunu va Kavanidan 2+2

Evropa ligasining yarim finalidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Roma" bahsining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Manchester Yunayted Angliya – Roma Italiya 6:2

Gollar: Fernandesh (9, 1:0), Pellegrini (15-pen, 1:1), Jeko (33, 1:2), Kavani (48, 2:2), Kavani (64, 3:2), Fernandesh (71-pen, 4:2), Pogba (75, 5:2), Grinvud (87, 6:2).

Manchester Yunayted - De Xea, Lindelof, Maguayr, Pogba, Kavani, Reshford (Grinvud, 76), Fred (Matich, 83), Fernandesh (Mata, 89), SHou, van-Bissaka, Maktomini.

Roma - Lopes (Mirante, 28), Smolling, Kristante, Ibanes, Karsdorp, Diavara, Veretu (Villar, 5), Spinaccola (Peres, 37), Pellegrini, Mxitaryan, Jeko.

Ogohlantirish: Vilyar (50), Pogba (51), Smolling (61).

Manchester United

Bruno Fernandes - 9', Edinson Cavani - 48', Edinson Cavani - 64', Bruno Fernandes - 71', Paul Pogba - 75', Mason Greenwood - 86'

Europa League Final Stage . Semi Finals-tur

30/04/2021, 00:00

2
:
6
Tugadi

Roma

Lorenzo Pellegrini - 15', Edin Dzeko - 34'

Stadion: Old Trafford, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Carlos del Cerro

45'
90'
9'  Bruno Fernandes
9'  Edinson Cavani
48'  Edinson Cavani
48'  Bruno Fernandes
51'  Paul Pogba
64'  Edinson Cavani
71'  Bruno Fernandes
75'  Paul Pogba
75'  Bruno Fernandes
76'  Marcus Rashford (Mason Greenwood)
83'  Fred (Nemanja Matic)
86'  Mason Greenwood
86'  Edinson Cavani
89'  Bruno Fernandes (Juan Mata)
5'  Jordan Veretout (Gonzalo Villar)
15'  Lorenzo Pellegrini
28'  Pau Lopez (Antonio Mirante)
34'  Edin Dzeko
34'  Lorenzo Pellegrini
37'  Leonardo Spinazzola (Bruno Peres)
50'  Gonzalo Villar
61'  Chris Smalling

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. MYU masalani deyarli hal qildi.

Balki uchrashuv taqdiri hal bo'lgandir. Hozirgi MYUning 5ta gol farqi bilan mag'lub bo'lishiga ishonib bo'lmaydi. Biroq baribir barchasi javob o'yinining final hushtagidan keyin rasman hal bo'ladi.

2 daqiqa qo'shib berildi.

87. GOOOOOOOOOLLLL!! Grinvud masalani deyarli hal qildi. Endi yana bir gol qoldi) Aytgancha, Kavanidan ham 2+2

85. Fernandeshning zarbasi noaniq ketdi.

83. Fred o'rnini Matich egalladi. Tayanch yarim himoya "osvejit" qilindi.

80. Mxitaryanning zarbasi noaniq ketdi.

78. ZARBAAAAAA!! Kavanining qaychi uslubida yo'llagan zarbasini Mirante ushlab oldi.

Brunu bugungi o'yinda golda ham assistlikda ham dubl qayd etdi)

75. GOOOOOOOOOLLLL!! Fernandeshdan super to'p uzatish va Pogbadan gol!

73. Jarohat olgan Kavani o'z o'rnini Grinvudga bo'shatib beradigan bo'lmoqda shekilli.

71. GOOOOOOOOOLLLLL!! Brunudan ham dubl!!

70. Balki penalti bekor qilinishi mumkin.

69. PENALTIIII!!! Kavani yiqitildi!!!

68. ZARBAAAAA!! SHouning kuchli zarbasini Mirante qaytardi!

66. De Xeadan ilk seyv. U Jekoning zarbasini ushlab oldi.

64. GOOOOOOOOLLLLL!!! KAVANNIIII!! Mirantening qo'pol xatosi. Golning isini sezgan Edinson osonlik bilan gol urdi!

61. Smolling ogohlantirildi.

60. Xavfli vaziyattt!!! "Roma" hisobda oldinga chiqib olishi mumkin edi. Pellegrini zarba beradigan poziciyada to'pni Jekoga oshirdi. Maguayr raqibini to'pdan uzoqlashtirdi. Smollingning zarbasi noaniq ketdi.

57. UXXXXXX!! Maktominining ajoyib pasi Kavaniga mo'ljallangandi. Ibanes to'pga biroz tegdi va Edinsonning yonidan o'tib ketdi.

55. XAVFLIIII!! Brununing super to'p uzatishini Ibanes burchakka chiqarib yubordi....

53. ZARBAAAA!! SHouning chiroyli pasidan keyin Kavani anchagina noaniq o'ynadi.

51. Pogbadan yana bir jinnilik. Darvozabonga qarshi qo'lini ishlatgani uchun sariq oldi.

50. Pogbaga qarshi jiddiy fol ishlatgani uchun Villar ogohlantirildi.

48. GOOOOOOOOOOLLLLL!!! DAXSHATT!! Kavanidan ajoyib yakun!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45+5. KAVANIIIIIII!! Raqibining xatosidan keyin to'pni egallab olib, raqib posboni bilan birga bir holatdan unumli foydalana olmadi...

45+4. Reshfordning qanotdan Fernandesh tomon oshirgan to'pini Mirante ushlab oldi.

Taymga 5 daqiqa qo'shib berildi.

43. Tomonlar taymni sokin tempda yakunlab, barchasini ikkinchi taymga olib qo'yishgan shekilli.

41. Mankunianliklarning ruxiy holati tushgandek. O'yin o'xshamayapti.

37. IE! Spinaccola o'zgartirildi. Bir bo'limning o'zida "Roma" tarkibida uch majburiy o'zgarish.

36. Mxitaryan oldinga ketayotgandi. Offsayd sababli hujum to'xtadi.

33. GOOOOOOOOOLLLL!!! Jeko bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qilmoqda!!!

FAKT! MYU darvozasiga belgilangan so'nggi 4 penaltining uchtasida Pogbaning aybi bor 

28. Majburiy o'zgarish. Pau Lopes o'rnini Mirante egalladi.

26. Pogbaning zarbasini qaytarish chog'ida Lopes jarohat oldi. Yana bir majburiy o'zgarish bo'ladi chog'i.

25. ZARBAAAAAAAA!! Pogbaning kuchli zarbasini Lopes qaytardi!

24. UXXXXX!! Reshford ikki raqibini aldab o'tib, to'pni Brunuga oshirgandi. Fernandeshning zarbasi o'xshamadi.

23. Fernandeshning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

22. Ibanes o'z jarima maydonchasi yonida Reshfordga qarshi fol ishlatdi. Ko'ramiz.

21. Sifatli o'yin bo'lmayapti, ikki tomon ham juda ko'p brak qilishmoqda.

18. Fernandeshning qanotdan oshirgan to'pini Lopes ushlab oldi.

15. GOOOOOOOOOLLLL!! Pellegrini penaltidan unumli foydalandi!

14. PENALTI! Bu yaqqol penalti! To'p Pogbaning qo'liga tegdi.

13. UXXXX!! VAR ishga tushib, MYU darvozasiga penalti berilishi mumkin.

9. GOOOOOOOOOLLLL!! Pogbadan super harakatlar, Kavanidan ajoyib assist, Fernandeshdan chiroyli gol!

Aytgancha, Smolling va Mxitaryan o'zining sobiq jamoasiga qarshi va sobiq "uy maydoni"ga qaytdi. Buni eslatib o'tmaslikning iloji yo'q.

5. Veretu ketdi, endi aniq. "Roma"da jiddiy yo'qotish. O'rnini Villar egallamoqda.

4. Veretu qaytdi. O'yinni davom ettiramiz.

3. Dastlabki daqiqalarda jarohat. Veretu to'pni to'xtatish chog'ida xato qildi va to'pni autga chiqarib yubordi. O'zgartirish bo'lishi mumkin.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Bugun "Old Trafford"da Evropa ligasining yarim finalidan o'rin olgan bahs bo'lib o'tadi. Ushbu stadionda "Roma" mehmon bo'ladi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика