Yevropa ligasi. Guruh bosqichining barcha ishtirokchilari nomi ma'lum, bugun qur'a

Aziz Tukhtamuradov
27 avg 2021, 08:05
Yevropa ligasining guruh bosqichida ishtirok etadigan barcha jamoalar nomi aniq bo'ldi.

E'tiboringizga ushbu bosqichga yo'l olgan barcha jamoalar va ularning qur'a oldidan savatchaga bo'lingan holatini havola qilamiz:

1-savatcha: Lion (Fransiya), Napoli (Italiya), Bayer (Germaniya), Dinamo Zagreb (Xorvatiya), Lacio (Italiya), Olimpiakos (Gretsiya), Monako (Fransiya), Braga (Portugaliya).

2-savatcha: Seltik (Shotlandiya), Ayntraxt Frankfurt (Germaniya), Crvena Zvezda (Serbiya), Lester (Angliya), Reyndjers (Shotlandiya), Lokomotiv (Rossiya), Genk (Belgiya), PSV (Niderlandiya).

3-savatcha: Marsel (Fransiya), Ludogorec (Bolgariya), Vest Xem (Angliya), Real Sosedad (Ispaniya), Betis (Ispaniya), Fenerbaxche (Turkiya), Spartak (Rossiya), Sparta Praga (Chexiya).

4-savatcha: Rapid (Avstriya), Galatasaroy (Turkiya), Legiya (Polsha), Midtyulland (Daniya), Ferencvarosh (Vengriya), Shturm (Avstriya), Brondbyu (Daniya), Antverpen (Belgiya).

Qur'a tashlash marosimi bugun o'tkaziladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia