So’nggi yangiliklar

19:07Почеттино "Ньюкасл" бош мураббийига айланиши мумкин  0 18:38Миранчук "Аталанта"дан "Атланта Юнайтед"га ўтди  0 18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 18:00Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:0 (матнли трансляция)  69 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  1 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  23 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  39 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  27 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  2 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  31 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1

Evropa ligasi finalidan oldin. Siz bilmagan qiziqarli faktlar Yangiliklar

Evropa ligasi finalidan oldin. Siz bilmagan qiziqarli faktlar

Bugun tunda SHveciyaning Stokgolm shahridagi "Frends Arena" o'yingohida Evropa ligasi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Yosh futbolchilardan iborat bo'lgan "Ayaks" 22 yildan so'ng evrokubok finalida g'olib chiqa oladimi? Yoki "Manchester Yunayted" nihoyat klub kollekciyasida yo'q bo'lgan sovringa ega chiqadimi? Bu savollarga javobni bugungi Evropa ligasi finali javob beradi.

Oldingi to'qnashuvlar

• Ushbu klublar UEFA bayrog'i ostidagi beshinchi to'qnashuv bo'ladi. Oldingi to'rtta o'yinda ikki jamoa ikki martadan g'alabaga erishgan.

• 1976/77 yilgi mavsumda UEFA kubogi ilk bosqichida Amsterdamda "Ayaks" Ruud Krolning goli evaziga MYUni mag'lub etgandi. Javob bahsida "Old Trafford"da Lu Makari va Semmi Makilroyning gollari mezbonlarga g'alaba keltirdi.

• 2011/12 yilgi mavsumda Evropa ligasi 1/16 finalida ham bu jamoalar to'qnash kelishadi. Gollandiyada o'tgan bahsda Eshli Yang va Xaver Ernandesning gollari Aleks Fergyuson jamoasiga g'alaba keltirgan - 2:0. CHicharito javob bahsida ham gol urgandi, ammo Aras Ozbiliz va Tobi Alderveyreld mehonlar safida to'p kiritishgan. Gollandiya klubi g'alaba qozongan (2:1) ammo keyingi bosqichga "Yunayted" chiqqan.

• "Qizil iblislar" safida o'ynayotgan Yang, Fil Jons, Kris Smolling va David de Xea 2011/12 yilgi mavsumdagi o'yinda ishtirok etgan. Pol Pogba "Yuventus"ga qaytishdan oldin MYU safida o'sha bahsda zaxirada o'tirgandi. 



Forma
• "Ayaks" finalga qadar MYUdan bitta ko'p gol urdi - 24:23. Ammo deyarli ikki baravar ko'p gol o'tkazib yubordi – 15. MYU esa 8ta.

• "Ayaks" Evropa ligasida zarba berish borasida etakchi: 225ta va 95ta aniq zarba. MYUda esa bunday natija: 208 va 76.

• "Yunayted" bu mavsumda Evropa ligasida 7582ta pas berdi, 6702tasi aniq edi. "Ayaks"ning 6033ta pasidan 5142tasi aniq bo'ldi.



Jamoalar o'rtasidagi aloqalar
• "Ayaks" hujumchisi Bertran Traore "CHelsi"dan ijaraga olingan. Burkina-Faso terma jamoasi hujumchisi "CHelsi" safida Joze Mourino qo'l ostida debyut qilgandi.

• "Yunayted" hujumchisi Zlatan Ibragimovich jarohat tufayli finalda o'ynamaydi. U o'z vaqtida "Ayaks"da o'ynagan. Amsterdam klubi safida hujumchi 2001-2004 yillarda o'ynagan va ikki martadan Gollandiya kubogi va Gollandiya chempioni bo'lgan.

• MYU himoyachisi Deyli Blind o'zi va otasi o'ynagan klubga qarshi maydonga tushishi mumkin. Blind "Ayaks" safida 2008-2014 yillarda jami 4 marta chempion bo'lgan  

• Blind va "Ayaks" vakili Davi Klassen birga "Frends Arena"da 2016 yil 6 sentyabr sanasida Gollandiya terma jamoasi safida SHveciyaga qarshi o'ynagan - 1:1.

• "Yunayted" safida 2008 yilgi ECHL finalida g'olib bo'lgan Edvin van der Sar "Ayaks"ga qaytib bosh direktor sifatida ishlamoqda.

• MYU posboni Serxio Romero 2007-2011 yillarda Gollandiyaning "Alkmaar" klubi safida o'ynagan va 2008/09 yilda chempion bo'lgan. 2010/11 yilda hozirda "Ayaks"da o'ynayotgan himoyachi Nik Virgever birga o'ynagandi.



• Himoyachi Timoti Fosu-Mensa Amsterdamda "Ayaks" yoshlar jamoalarida o'ynagan. 2014 yilda esa "Manchester Yunayted" safiga o'tgandi.

• "Ayaks" darvozaboni Andre Onana bu mavsumda Evropa ligasida eng ko'p, 1200 daqiqa o'ynadi. Undan keyingi o'rinlarda Amin Yunes (1197) va Pogba (1173) borishmoqda. Finalda ishtirok etuvchilar orasida faqat Yunes va Pogba o'z jamoalari safidagi barcha 14tadan o'yinda maydonga tushishdi.

• Pogba bu mavsumda Evropa ligasida eng ko'p pas berish (953) va aniq pas berish bo'yicha (840) etakchi.

• MYU yarim himoyachisi Maykl Karrik Evropa ligasi finalida o'ynagan va chempion bo'lgan eng faxriy futbolchiga aylanishi mumkin (35 yosh 300 kun). Hozircha bu borada rekordchi Frenk Lempard (34 yosh 329 kun) hisoblanadi. U 2013 yil “CHelsi” safida Evropa ligasida g'olib chiqqandi.

• 17 yoshli Matteys de Lixt Evropa ligasi finalida o'ynagan va chempion bo'lgan eng yosh futbolchiga aylanishi mumkin. Hozircha bu borada rekordchi Eduardo Salvio hisoblanadi. U "Atletiko" safida 2010 yil 19 yosh 303 kunligida chempion bo'lgandi.



SHved maydonidagi o'yinlar
• "Ayaks" evrokuboklarda SHveciyada ikki marta o'ynagan: 1 g'alaba va 1 mag'lubiyat. 1987 yil Kubok Egalari kubogida amsterdamliklar "Malme"ga mag'lub bo'lishgan, 1991 yilda esa UEFA kubogi finalida 1:0 “Erebru”ni mag'lub etgandi.

• "Yunayted" UEFA bayrog'i ostida ilk bor Stokgolmda o'ynaydi.

• SHveciyada MYU faqat “Geteborg" bilan to'qnash kelgan. 1994/95 yilgi mavsum ECHL guruh bosqichida mankunianliklar 1:3 hisobida yutqazib qo'yishgan.

• Bunga qadar Stokgolm bir marta evrokubok finalini qabul qilgan. 1998 yilgi Kubok Egalari kubogida "CHelsi" 1:0 hisobida "SHtutgart"dan ustun kelgan.

• Bu "Ayaks" uchun evrokubok finalidagi 15-o'yin bo'ladi (10 g'alaba va 4 mag'lubiyat). So'nggi bor klub 1996 yil ECHL finalida "Yuventus"ga yutqazib qo'ygandi.

• MYU esa bugun 12-marta evrokubok finalida o'ynaydi (6 g'alaba va 5 mag'lubiyat). "Yunayted" oxirgi uchta evrokubok finalida yutqazgan: 2008 yil UEFA Superkubogida "Zenit"ga imkoniyat boy berilgan (1:2), 2009 va 2011 yillarda ECHL finalida "Barselona"ga yutqazgan (0:2) va (1:3). So'nggi bor mankunianliklar 2008 yil g'olib bo'lishgan. O'shanda ECHL finalida "CHelsi" dog'da qoldirilgan.

• Stokgolmdagi g'alaba "Manchester Yunayted"ni Evropaning uchta eng asosiy kubogini (ECHL, Evropa ligasi, Kubok egalari kubogi) qo'lga kiritgan beshinchi klubga aylantiradi. Bunga qadar "Ayaks", "Bavariya", "CHelsi" va "Yuventus" klublari uchala kubokni qo'lga kiritishgan.



• "Ayaks" g'alaba qozonsa ajoyib rekord qayd etadi. 1971, 1972 va 1973 yillarda amsterdamliklar Evropa CHempionlar kubogida g'olib chiqishgan, 1995 yilda esa o'sha musobaqaning yangi varianti Evropa CHempionlar ligasida zafar quchilgan. 1992 yilda klub UEFA Kubogini qo'lga kiritgan. "Portu" UEFA Kubogi (2003)/ Evropa ligasi (2011) va CHempionlar kubogi (1987)/ECHL (2004) musobaqalarida g'olib chiqqan dunyodagi yagona klub. Biroq "ajdarlar" hech qachon Kubok egalari kubogini qo'lga kiritishmagan.

• MYU va "Ayaks" Evropa ligasi finalida ilk bor maydonga tushishadi. "Frends Arena"dagi g'olib jamoa ushbu sovrinni qo'lga kiritgan beshinchi klubga aylanadi. Evropa ligasini bunga qadar to'rt klub qo'lga kiritgan xolos: "Sevilya" (uch marta), "Atletiko" (ikki marta), "Portu" va "CHelsi" (bir martadan).

• MYU Evropa ligasi deb nomlanganidan so'ng ushbu musobaqa finalida chiqqan to'rtinchi ingliz klubi. Bungacha "Fulxem", "CHelsi" va "Liverpul" ushbu musobaqaning hal qiluvchi bahsida maydonga tushgan.

• "Ayaks" – Evropa ligasi finaliga chiqqan birinchi Gollandiya klubi. Gollandiya mamlakati finalga chiqqan beshinchi mamlakat bo'ldi.


UEFA rasmiy sayti malumotlaridan foydalanildi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика