Evropa Ligasi finali hamda Superkubogi uchun bahs keyingi mavsum qaysi stadionlarda o'tkazilishi elon qilindi
25 sen 2019 01:00
Yangiliklar


Evropa Ligasi finali hamda Superkubogi uchun bahs keyingi mavsum qaysi stadionlarda o'tkazilishi elon qilindi
Biroz oldin, ECHLning 2020/21 yilgi mavsum finali Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Gazprom Arena stadionida bo'lib o'tishi haqida malum qilgandik.
UEFAning ijroiya qo'mitasining yig'ilishida Evropa Ligasi finali va Superkubogi uchun bahs keyingi mavsum qaysi stadionlarda o'tkazilishi ham elon qilindi
Unga ko'ra, 2020/21 yilgi Evropa Ligasining hal qiluvchi uchrashuvi Sevilyadagi 48 mingga yaqin tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladigan «Ramon Sanches Pisxuan» stadionida o'tkaziladi.
Evropa Superkubogi-2021 esa SHimoliy Irlandiya poytaxti Belfast shahridagi «Vindzor Park» arenasida bo'lib o'tadi. Stadion sig'imi esa 22.000 muxlisni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar