Evropa ligasi. Bugun "Krasnodar" va "Vorskla" o'ynaydi
06 avg 2015 17:06
Yangiliklar


Evropa ligasi. Bugun "Krasnodar" va "Vorskla" o'ynaydi
Hamyurtimiz Odil Ahmedov to'p tepayotgan Rossiyaning "Krasnodar" klubi Slovakiyada "Slovan" klubi mehmoni bo'ladi. Bir hafta oldin bo'lib o'tgan ilk uchrashuvda ruslar 2:0 hisobida zafar quchishgan edi. Bugungi o'yin Toshkent vaqti bilan soat 23:15da boshlanadi.
Yana bir hamyurtimiz Sanjar Tursunov faoliyat olib borayotgan Ukrainaning "Vorskla" klubi bugun o'z maydonida Slovakiyaning "Jilina" klubini qabul qiladi. Dastlabki bahsda "Vorskla" safarda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan edi. Bugungi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00da start oladi.
Umuman olganda bugun Evropa ligasi doirasida 26ta o'yin bo'lib o'tadi. Saytimizning maxsus bo'limi orqali barcha uchrashuvlarning natijalarini (tarkiblar, gollar va boshqa malumotlar ham bor) onlayn kuzatib borish mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar