Evropa ligasi. Bugun "Arsenal" Belarusda, "Inter" Avstriyada, "CHelsi" SHveciyada mehmon
14 fev 2019 13:56
Yangiliklar
Evropa ligasi. Bugun "Arsenal" Belarusda, "Inter" Avstriyada, "CHelsi" SHveciyada mehmon
Bugun tunda Evropa ligasi 1/16 finalidan o'rin olgan dastlabki o'yinlar bo'lib o'tadi.
Unda bir qator qiziqarli bahslar o'tkaziladi.
Italiyaning "Inter" klubi Venada "Rapid" bilan o'ynaydi. Mauro Ikardi mazkur bahsda ishtirok eta olmaydi.
Rossiyaning "Krasnodar" klubi o'z maydonida Germaniyaning "Bayer" klubini qabul qiladi.
Rimdagi "Olimpiko" stadionida "Lacio" - "Sevilya" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Londonning "Arsenal" jamoasi Minsk shahrida BATE bilan kuch sinashadi. O'tgan hafta "Manchester Siti"ga 0:6 hisobida yutqazgan Londonning yana bir klubi "CHelsi" SHveciyada "Malmyo" mehmoni bo'ladi.
SHotlandiyada yana bir qiziqarli bahs bo'lib o'tadi. "Seltik" Ispaniyaning "Valensiya" klubini qabul qiladi.
Uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan soat 22:55 va 01:00da boshlanadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar