Evropa Ligasi 2021/22 yilgi mavsumining eng yaxshilari aniqlandi
21 may 2022 08:30
Yangiliklar


Evropa Ligasi 2021/22 yilgi mavsumining eng yaxshilari aniqlandi
UEFA matbuot xizmati, o'tgan turnirning ramziy jamoasini elon qildi:
Darvozabon – Kevin Trapp ("Ayntraxt");
Himoyachilar – Kreyg Douson ("Vest Xem"), Martin Xinteregger ("Ayntrnaxt"), Kelvin Ugelumba ("Reyndjers");
Yarim himoyachilar – Jeyms Tavernier ("Reynjers"), Konrad Laymer ("Leypcig"), Deklan Rays ("Vest Xem"), Filip Kostich ("Ayntraxt");
Hujumchilar – Kristofer Nkunku ("Leypcig"), Rafael Borre ("Ayntraxt"), Rayan Kent ("Reynjers").
Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi sifatida “Ayntraxt” Filip Kostich etirof etildi. U 12 o'yinda 3 ta gol urdi va 6 pasni o'z hisobiga yozdirdi.
20 yoshli Ansgar Knauff (“Ayntraxt) esa eng yaxshi yosh futbolchi nominaciyasida g'olib bo'ldi. U 7 bahsda 2+1 natija ko'rsatdi.
Evropa Ligasi 2021/22 yilgi mavsum to'purari esa 7 ta gol bilan “Reynjers” azosi Jeyms Taverner bo'ldi.
Assistentlar ro'yxatida ham Filip Kostich (“Ayntraxt”, 6 pas) eng yaxshisi bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar