Evropa Ligasi. 1/8 final uchun qura 17:00da boshlanadi
26 fev 2021 12:11
Yangiliklar


Evropa Ligasi. 1/8 final uchun qura 17:00da boshlanadi
Bugun UEFA shtab-kvartirasi Nonda Evropa Ligasining 1/8 finali uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
Bu bosqichda 16ta klub ishtirok etadi: "Tottenxem", "Arsenal", "Manchester Yunayted", "Vilyarreal", "Granada", "Milan", "Roma", "Ayaks", "SHaxtyor", "Molde", "Reynjers", "Yang Boyz", "Dinamo" (Kiev), "Olimpiakos", "Dinamo" (Zagreb) va "Slaviya" (Praga) jamoalari ishtirok etadi.
Ushbu bosqichda bir mamlakat vakillari o'zaro to'qnash kelishlari mumkin. Qura Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
1/8 finalning ilk o'yinlari 11 martda, javob o'yinlari esa 18 martda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar