Evropa grandlari "Kopengagen"ning 17 yoshli vingeriga ko'z tikishdi
11 noy 2023 11:25
Yangiliklar
Evropa grandlari "Kopengagen"ning 17 yoshli vingeriga ko'z tikishdi
Futbolchi hozirgi jamoasida porlamoqda va kelasi mavsumda Evropaning etakchi klublaridan birida omadini sinab ko'rishi mumkin.
"Kopengagen" klubi bilan 2025 yil 31 dekabrgacha shartnoma imzolagan Runi Barji o'z istedodi orqali Evropaning top-klublari, jumladan, "CHelsi", "Bavariya" va "Manchester Siti" klublarining etiborini tortdi. Bu haqda "Fichajes" xabar bermoqda.
Barjining ajoyib o'yinlari etibordan chetda qolgani yo'q. "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola uni kelajakdagi ehtimoliy xaridlar ro'yxatiga kiritdi.
17 yoshli futbolchi ushbu mavsum 24 ta o'yinda qatnashib, 11 ta gol urdi.
Fikrlar