Yevropa grandlari "Kopengagen"ning 17 yoshli vingeriga ko'z tikishdi

Sherzod Nurmatov
11 noya 2023, 11:25
Futbolchi hozirgi jamoasida porlamoqda va kelasi mavsumda Yevropaning yetakchi klublaridan birida omadini sinab ko'rishi mumkin.

"Kopengagen" klubi bilan 2025 yil 31 dekabrgacha shartnoma imzolagan Runi Barji o'z istedodi orqali Yevropaning top-klublari, jumladan, "Chelsi", "Bavariya" va "Manchester Siti" klublarining e'tiborini tortdi. Bu haqda "Fichajes" xabar bermoqda.

Barjining ajoyib o'yinlari e'tibordan chetda qolgani yo'q. "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola uni kelajakdagi ehtimoliy xaridlar ro'yxatiga kiritdi.

17 yoshli futbolchi ushbu mavsum 24 ta o'yinda qatnashib, 11 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes