So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  3 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  9 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  54

Evropa futbolida jamoasiz qolgan nomdor futbolchilar Yangiliklar

Evropa futbolida jamoasiz qolgan nomdor futbolchilar

Evropa futbolidagi bazi mashhur nom egalarining shartnomasi yozda yakuniga etgach, ular erkin agent maqomini oldi.

Pol Pogba "Yuventus"ga qaytadimi? Garet Beylning "Real"dan keyingi taqdiri qanday kechadi? Kristian Eriksenning navbatdagi manzili qaer bo'ladi?

Keling, o'ziga yangi jamoa qidirayotgan taniqli futbolchilar bilan tanishib chiqamiz.


Garet Beyl


Oxirgi jamoasi: Real Madrid

Qiziqish bildirmoqda: DK Yunayted (AQSH), Kardiff Siti, Nyukasl Yunayted, Nottingem Forest, Milan, Tottenxem

Garet Beyl "Real"dagi to'qqiz yillik faoliyatida davomida beshta CHempionlar ligasi va uchta Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi.

Uelslik 32 yoshli forvard Ispaniyaning amaldagi chempioni tarkibiga 2013 yilning sentyabr oyida 80 million funt-sterling hamda yuqori maosh evaziga kelib qo'shilgandi.

Uning asosiy maqsadi jahon chempionatidagi ishtirok bo'lib turibdi, futbolchi mundalgacha doimiy maydonga tushadigan jamoani tanlashi mumkin.


Pol Pogba


Oxirgi jamoasi: Manchester Yunayted

Qiziqish bildirmoqda: Yuventus, Real Madrid, PSJ, Manchester Siti

Pol Pogba ushbu yozda zavqu-shavqsiz o'tgan olti mavsumdan so'ng "Manchester Yunayted"ni tark etadi. 

Yarim himoyachi 2016 yil "Yuventus"dan 89 million funt sterling evaziga "Yunayted"ga shov-shuvli qaytishidan so'ng bir yil ichida Angliya liga kubogi va Evropa ligasida g'olib chiqdi.

29 yoshli futbolchi Franciyaga 2018 yilgi jahon chempionatida g'alaba qozonishda yordam bergan bo'lsa-da, "Yunayted"da uzoq masofalarga o'zining ajoyib uzatmalari bilan ajralib turardi, biroq masuliyatni his qilishda hamda bazida sustkashliklarga yo'l qo'yish oqibatida o'z tarafdorlarining g'azabiga duchor bo'ldi.


Kristian Eriksen


Oxirgi jamoasi: Brentford

Qiziqish bildirmoqda: Brentford, Tottenxem, Manchester Yunayted

Kristian Eriksen baxtsiz hodisa yuz bermaganida to'rt yarim yillik bitim tuzgan "Inter" bilan birga bo'lishi kerak edi. 30 yoshli futbolchi o'tgan yilning iyun oyida Evro-2020 musobaqasida Daniya libosini kiyib tushgan ilk o'yinidayoq yurak xurujiga uchraydi, bu esa karrasini o'zgartirib yubordi. U yurak defibrilatori bilan yashil maydonga qaytdi. Afsuski, italiyaliklar Eriksen bilan xayrlashishga majbur bo'ldi, chunki A Seriyada ushbu buyum bilan to'p tepish taqiqlangan. SHundan so'ng Kristian "Brentford" bilan olti oyga mo'ljallangan bitim tuzdi hamda klubni Premer-ligada jon saqlab qolishiga yordam berdi.

"Asalarilar" "Ayaks"ning sobiq pleymeykerini olib qolishni istamoqda, biroq Eriksen nisbatan kuchliroq klub safiga borib qo'shilishni istamoqda shekilli.


Jessi Lingard


Oxirgi jamoasi: Manchester Yunayted

Qiziqish bildirmoqda: Vest Xem, Nyukasl, Tottenxem, Roma, Milan

Salkam yillik umrini "qizil iblislar" bilan birga o'tkazgan klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi jamoani tark etmoqda. O'tgan yozda ko'pgina klublarning taklifiga qaramay, MYU futbolchini tarkibda olib qolgandi. 2021 yil "Vest Xem" tarkibida ijara asosida to'p tepgan futbolchi o'zining haqiqiy qirralarini namoyish eta boshlagandi, ammo asl jamoasiga qaytgach, yana zaxira o'rindig'i bilan og'a-ini bo'la boshladi. 

Ehtimol, Lingard jahon chempionatiga qadar o'yin amaliyotini oshiradigan klub safiga qo'shilsa, ajabmas.


Usmon Dembele


Oxirgi jamoasi: Barselona

Qiziqish bildirmoqda: CHelsi, PSJ

Dembele 2017 yil Dortmundning "Borussiya"sidan katta maqsadlar bilan katta summa evaziga "Barselona"ga olib kelingandi.

Hali endigina 25 yoshni qarshi olgan yigitchaning rivojlanishiga biri ikkinchisini etaklab kelgan jarohatlar to'sqinlik qilmoqda. Biroq Xavi qo'l ostidagi jamoada Usmon ajoyib paslari, driblingi hamda raqib himoyasini yorib kira olishi bilan mahalliy muxlislarning ishonchiga qaytmoqda. 

Uning bir necha bor jamoani tark etishi mumkinliga haqida gapirilgan bo'lsa-da, klub prezidenti Joan Laporta va bosh murabbiy Xavi uni qoldirishga ko'ndirish ehtimoli yuqori.


Edinson Kavani


Oxirgi jamoasi: Manchester Yunayted

Qiziqish bildirmoqda: Real Madrid, Arsenal, Atletiko Madrid, Yuventus

Kavani MYU safida bir tekis bo'lmagan ikki mavsumni o'tkazdi. 2020 yilning oktyabr oyida PSJdan erkin agent sifatida tashrif buyurgan 35 yoshli urugvaylik forvard ilk mavsumda barcha musobaqalarda 17 ta gol urdi. Krishtianu Ronalduning klubga kelishi hamda jarohatlar uni chetga surib qo'ydi. Vaholanki, uning boy tajribasi ko'pgina bahslarda asqotishi mumkin edi.


Fernandino


Oxirgi jamoasi: Manchester Siti

Qiziqish bildirmoqda: Botafogo, Flamengo, Korintians, Atletiko Paranens

37 yoshli tayanch yarim himoyachisi yakunlangan mavsum Premer-ligada 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi hamda so'nggi besh mavsumda to'rtinchi bor "Manchester Siti"ga chempion bo'lishida yordam berdi.

"SHaharliklar" bilan besh bor mamlakat chempionligi, olti marta liga kubogi hamda bir marotaba Angliya kubogini qo'lga kiritgan Fernandino o'z yurtiga qaytishni afzal ko'rmoqda.


Luis Suares


Oxirgi jamoasi: Atletiko Madrid

Qiziqish bildirmoqda: Yuventus, Aston Villa, Sevilya, Inter Mayami

Tobora faxriylar safiga kirishga yaqinlashayotgan 35 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 13 ta gol urganiga qaramay, "Vanda Metropolitano"ni tark etish arafasida turibdi.

Urugvaylik futbolchi yoshligidagi singari harakatchan bo'lmasligi mumkin, biroq uning tajribasi va golni his qilish qobiliyati hamon ko'pgina raqiblarni vasvasaga solishi mumkin.


Isko


Oxirgi jamoasi: Real Madrid

Qiziqish bildirmoqda: Sevilya, Arsenal, Tottenxem

Besh karra CHempionlar ligasi hamda uch bor La Liga g'olibi "Santyago Bernabeu" bilan xayrlashdi. 

30 yoshli pleymeyker hali oyog'ini cho'zib, televizor qarshisida o'tiradigan yoshga etgani yo'q, klub va terma jamoadagi o'rnini yo'qotib qo'ygan yarim himoyachi yangi klubida avvalgi darajasini qaytarishga urinib ko'rsa kerak.


Anxel Di Mariya


Oxirgi jamoasi: PSJ

Qiziqish bildirmoqda: Yuventus, Barselona

Argentinalik hujumkor yarim himoyachi francuz klubi libosidagi so'nggi o'yinida "Mec"ni yirik — 5:0 hisobida mag'lub etilishida hissa qo'shdi hamda tomoshabinlarning olqishlari ostida maftunkor Parij bilan xayrlashdi.

34 yoshli futbolchi PSJ safida 295 o'yinda maydonga tushib, 93 ta gol urdi. SHuningdek, klub bilan birga 5 bor mamlakat chempionligi hamda qo'shib hisoblaganda 9 ta mamlakat kubogi va liga kubogi sohibiga aylandi.

"Yuventus" va "Barselona" ayni damda vingerni qo'lga kiritish uchun kurash olib bormoqda.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика