Evropa chempionlar ligasi. Messi - 5-turning eng yaxshi futbolchisi
26 noy 2016 09:19
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/228886_original.jpg)
![](/upload/storage/228886_220.jpg)
Evropa chempionlar ligasi. Messi - 5-turning eng yaxshi futbolchisi
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Evropa chempionlar ligasining 5-turida eng yaxshi futbolchi deb topildi.
"Seltik"ka qarshi o'yinda (2:0) dublga erishgan argentinalik futbolchi UEFA rasmiy saytida o'tkazilgan so'rovnomada 46 foiz ovoz oldi.
Ikkinchi o'rinni Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Marko Roys 43 foiz ovoz bilan egalladi. Keyingi o'rinlardan: Rafael Varan (3%), Xuan Kuadrado (3%), Antuan Grizmann (2%), Riyad Maxrez (2%) va Edinson Kavani (1%) joy olishdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar